Uchar baqalar
(Uchar Baqalardan yoʻnaltirildi)
Uchar baqalar (Rhacophorus) - dumsiz amfibiyalar urugʻi, kurak oyoqlilar oilasiga mansub. Uzunligi 6—10 sm, 18 turi Janubiy va JanSharqiy Osiyo, Yaponiyada tarqalgan. Daraxtlarda yashaydi; barmoklari orasida pardasi bor. Barmoklarini keng yoyganida yuzasi 20 sm2 gacha yetadi. Uchar baqalar daraxtdan daraxtga yoki yerga 10–12 m gacha sakrashi mumkin. Tanasi ochiq rangli, koʻpincha yashil tusda. Urgʻochisi, odatda, yirikroq boʻlib, koʻpayish davrida erkagi olib yuradi. Tuxumlarini suv ustidagi barglar orasiga qoʻyadi; ayrimlari qorin qismiga yopishtirib oladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |