Uchqizil
Uchqizil — Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi qishloq, tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi, Termiz shahridan 20 km uzoqlikda, Uchqizil suv ombori sohilida. Aholisi 13,8 ming kishi (2004). Paxta tozalash zavodi, 4 qoʻshma, 6 kichik korxona, avtokorxona va boshqa sanoat va qurilish tashkilotlari, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kollejlari, litsey faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, madaniyat uylari aholiga xizmat qilmoqda. Stadion va boshqa sport inshootlari, sayyohlik maskani mavjud. Markaziy kasalxona, poliklinika, tez tibbiy yordam stansiyasi, dorixona, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti (Toshkent sh.)ning "Uchqizil" filiali ishlab turibdi. Uchqizil — Termiz yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Uchqizil | |
---|---|
Qishloq | |
37°20′37″N 67°13′45″E / 37.34361°N 67.22917°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Termiz tumani |
Aholisi (2004) |
13,8 ming kishi |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |