Uchtepa (qishloq)
Uchtepa — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanigi shaharcha (2009-yildan)[1], tuman markazi. Tumanning shimolida. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jizzax (15 km). Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Uchtepada 3 avtokorxona, „Jizzax don mahsulotlari“, qurilish, mahsulotlarni qadoqdash korxonalari, non kombinati va boshqa bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey, 2 kasbhunar kolleji, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, klub muassasalari, madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Stadion, tennis korti faoliyati koʻrsatadi. Markaziy kasalxona, tibbiy dispanser ishlab turibdi. Uchtepa — Jizzax yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.
Uchtepa | |
---|---|
Shaharcha | |
40°12′18″N 67°54′04″E / 40.20500°N 67.90111°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Jizzax viloyati |
tuman | Sharof Rashidov tumani |
Aholisi | 10 110 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |