Weddell dengizi
(Ueddell dengizidan yoʻnaltirildi)
Weddell dengizi — Atlantika okeanining chekka dengizi, Antarktidaning gʻarbiy qirgʻoqlariga tutash hududda joylashgan. Maydoni 2,800,000 km2 (1,081,100 kv mi) ga teng. Eng chuqur joyi 6820 m ni tashkil etadi. Dengizning aksari qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar bilan qoplangan, aysberglari koʻp. Qirgʻoqlarida shelf muzliklari mavjud. Weddell dengizida kit va [tyulen]]lar yashaydi. Dengiz 1823-yilda X.Weddell boshchiligidagi ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va 1900-yildan Weddell nomi bilan atalgan[1].
| |
Joylashuvi | Janubiy okean |
Koordinatalari | 73°S 45°W / 73°S 45°W |
Okean tipi | dengiz |
Havzaga aloqador oʻlkalar | Argentina Antarktikasi, Britaniya Antarktik Territoriyasi, qisman Antarktika Chili hududi ichida. |
Yuzasi | 2,800,000 km2 (1,081,100 kv mi) |
Oʻrtacha chuqurligi | 500 m (1,640 ft) |
Eng katta chuqurligi | 5,148 m (16,890 ft) |


Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |