Kembriy togʻlari, Uels tog'lar — Buyuk Britaniyadagi togʻlar, Uels yarim orolda. Uzunligi 150 km. Koʻp qismining balandligi 500—700, eng baland joyi 1085 m (Snoudon togʻi). Togʻ-muz relyefli alohida marza doʻngliklar koʻtarilib qolgan qator yassi togʻlardan iborat. Asosan, vulkan jinslaridan, shuningdek, slanets, ohaktosh, qumtoshlardan tarkib topgan. Daryo va koʻl koʻp. 400— 600 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, balandroqda torf va vereskzorlar bor. Toshkoʻmir, polimetall rudasi konlari topilgan. Kembriy sistemasi (davri)ga oid choʻkindi jinslar va qazilma organizmlar dastlab Kembriy togʻlari da oʻrganilgan. Rezervatlar tashkil etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil