Ufar
Ufar, ufor — qad. doyra (shuningdek, nogʻora) usullaridan biri. Oʻtmish musiqa risolalarida U.ning bir kancha turlari keltirilgan. Ularning hozirda keng tarqalgan shakli — bumbak; 2) xalq va mumtoz musiqada shu usul joʻrligida ijro etiladigan cholgʻu va ashula yoʻllari U.lar 3/4 va 6/8 takt oʻlchovidagi 2 xil usulda ijro etiladi (bumbakabakbumbak yoki bumbakobumbak); Shashmaqom ashula boʻlimining 1 va 2guruh shoʻʼbalari turkumi U.lar bilan tamomlanadi. Ular 1 guruh shoʻʼbalarida Ufari Uz zol (Buzruk makrmida), Ufari Ushshoq (Rostda), Ufari Bayet (Navoda), Ufari Chorgoh, Ufari Segoq (Segohda), Ufari Iroq (Iroqda) deb nomlanadi. 2guruh shoʻʼbalarida esa Savt, Moʻgʻulcha yoʻllaridagi shoʻʼbalar nomi bilan qoʻshib ataladi. Mas, Ufari Moʻgʻulchai Buzruk, Ufari Savti Ushshoq kabi. Shoʻʼbalardagi U.lar u yoki bu shoʻʼba asosiy qismining U. usuliga tushirilgan ritmik variantidir. U. larning surnay yoʻllari ham yaratilgan. Ayniqsa, turkumli surnay yoʻllarida kuylarning oxirgi qismi U. usulida ijro etiladi. U.lar jozibali, yengil kuy va ashulalar boʻlib, yoqimli va ravon yangraydi. Koʻpincha ular joʻrligida turli raqslar ijro etiladi. U.lar uzbek, tojik va koʻpgina boshqa Sharq xalklari musiqasida keng tarqalgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |