Uglerod oksid (birikma)
UGLEROD (GU)OKSID, karbonat angidrid, CO2 — uglerodning kislorodli birikmasi, uglerod oksidlanishining oxirgi mahsuloti. 1956-yilda shotlandiyalik olim J. Blek magniy karbonat parchalanganda gaz chiqishini aniqlagan (CO2 ning tarkibini 1789-yilda A. Lavuazye belgilab bergan), CO2 rangsiz gaz boʻlib, oʻziga xos salgina achimsiq hidi va mazasi bor. 0° va normal sharoitdagi zichligi 1,977 g/l; kritik temperaturasi 31,3°, kritik bosimi 7,3 MPa. —78,5° gacha sovitilganida qor kabi oq tusli qattiq jiyemga — "quruq muzga" aylanadi. Suyuq CO2 tez bugʻlanganida ham qattiq CO2 hosil boʻladi. U odatdagi bosimda — 78,5° da suyuqlanmasdan toʻgʻridantoʻgʻri gaz holatiga oʻtadi. Qattiq CO, 5MPa bosimda — 56,7°da suyuqlanadi. Suv, spirt va efirda eriydi. Suv bilan birikib karbonat kislota H2CO3 hosil qiladi. Odatdagi sharoitda kimyoviy nofaol modda, boshqa moddalarning yonishiga yordam bermaydi, lekin faol metallar (mas, magniy) CO2 atmosferasida yonishni davom ettiradi. Laqqa choʻgʻ holatidagi kaltsiy CO2 bilan reaksiyaga kirishtanida kaltsiy karbid CaC2 va kaltsiy oksid CaO hosil boʻladi. Choʻgʻ holatidagi koʻmir bilan reaksiyaga kirishib uglerod (P)oksid CO ga, 200° da mis oksid (katalizator) ishtirokida vodorod bilan reaksiyaga kirishib, metanga, yuqori trada ammiak bilan birikib, karbamid CO(NH2)2 ga aylanadi.
Tabiatda CO2 organik moddalarning chirishi, bijgʻishi va kuyishi kabi oksidlanish jarayonlari natijasida hosil boʻladi. Yoqilgʻi yonganida ham CO2 paydo boʻladi. Havoda CO2 hajm jihatidan 0.03% ni tashkil qiladi. CO2 organizmda moddalar almashinuvi mahsulotidir. U fotosintez jarayonida ham ishtirok etadi.
Texnikada ohaktosh yoki boʻrni kuydirib, lab.larda marmarni xlorid kislota bilan parchalab olinadi.
CO2 oziq-ovqat sanoatida, "quruq muz" tayyorlashda, oʻt oʻchirishda, kimyo sanoatida soda, mochevina, oksikarbon kislotalar hosil qilishda, portlatish ishlarida keng qoʻllanadi.
Havoda CO2 miqdori 1,5—3% dan oshsa, kishida bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va koʻngil aynishi paydo boʻladi. 6% dan oshsa, kishi ish qrbiliyatini yoʻqotadi va hayoti xavf ostida qoladi. Zaharlangan kishini ochiq havoga olib chiqish, sunʼiy nafas oldirish kerak.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |