William Morris Davis

(Uilyam Davisdan yoʻnaltirildi)

Deyvis, Devis (Davis) Uilyam Morris (1850.12.2, Filadelfiya — 1934.5.2, Posadena) — amerikalik geolog va geograf. Amerika geomorfologiya maktabining asoschisi. Relyef ri-vojlanishining geografik sikli haqidagi taʼlimotni yaratgan. Kembrijdagi (AQSH) Garvard universitetining prof. Amerika geograflari Assotsiatsiyasiga asos solgan (1904) va Amerika geol. jamiyati prezidenti (1911), bir qancha geol. va geogr. jamiyatlarining faxriy aʼzosi. 1890—1915-yillarda AQSH Geol. xizmatida ishlagan; AQSH, Jan. Amerika mamlakatlari va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1903-yilda Turkistonning choʻl rayonlarini, jumladan Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) relyefini oʻrgandi. Geomorfologiya faniga peneplen tushunchasini kiritdi. Tyanshandagi umumiy sirt relyef shakllarini yoshargan peneplenlar deb atadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil