William Thurston
William Thurston (talaffuzi: Uilyam Tyorston) (30-oktyabr 1946-yil — 21-avgust 2012-yil) — amerikalik matematik. Thurston 1982-yilda 3-manifoldlarni oʻrganishga qoʻshgan hissasi uchun Fields medali bilan taqdirlangan. U 2003-yildan umrining soʻnggi kunlarigacha Cornell universitetida matematika va informatika fanlari professori boʻlib ishlagan.
William Thurston | |
---|---|
Tavalludi |
30-oktyabr 1946-yil Washington D.C., AQSh |
Vafoti |
21-avgust 2012-yil (65 yoshda) Rochester, New York, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Cornell universiteti California universiteti, Davis Matematik fanlar ilmiy-tadqiqot instituti California universiteti, Berkeley Princeton universiteti Massachusetts texnologiya instituti Perspektiv tadqiqotlar instituti |
Taʼlimi |
Florida shtatidagi New kollej California universiteti, Berkeley |
Akademik rahbarlari | Morris Hirsch |
Mashhur shogirdlari |
Richard Canary Benson Farb David Gabai William Goldman Steven Kerckhoff Yair Minsky Igor Rivin Oded Schramm Richard Schwartz Danny Calegari Sergio Fenley |
Mashhur ishlari |
Thurston's geometrization conjecture Thurston's theory of surfaces Milnor–Thurston kneading theory |
Mukofotlari |
Oswald Veblen geometriya mukofoti (1976) Alan T. Waterman mukofoti (1979) Fields medali (1982) Milliy Fanlar akademiyasi (1983) Leroy P. Steele mukofoti (2012). |
Thurston Bell Laboratoriyasida muhandis va tikuvchi oilasida tugʻilgan. U 1967-yilda Florida shtatidagi New kollejni bitirgan. Thurston kollejdan soʻng Berkeleydagi California universitetiga oʻqishga kirgan va talaba sifatida Vetnam urushiga qarshi namoyishlarda qatnashgan. 1972-yilda Morris Hirsch rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Thurston doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng bir yil Prinstondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida boʻlib, undan keyin Massachusetts texnologiya institutiga dotsent sifatida taklif qilingan. U 1974-yilda Princeton universitetida professorlik darajasini olgan. U yerda 70-yillarning ikkinchi yarmi va 1980-yillarning boshlarida kichik topologiya sohasida asosiy natijalarga erishgan.