Ukraina tarixi
Ilk paleolit davrida Ukraina janubida odamlar yashaganligi maʼlum. Oʻrta paleolit davrida Mustye madaniyatiga mansub elatlar vakillari hozirgi Ukraina hududining anchagina qismini egallab olganlar. Soʻnggi paleolit davrida (35—40 ming yil avval) butun Ukraina hududida odam yashay boshlagan. Mezolit davri (mil. av. 10—7-ming yillik)da baliq ovlash, neolit davrida (mil.av. 6—4-ming yillik) dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻlgan. Eneolit va jez davrlarida (mil. av. 4—ming yillik – 1-ming yillikning boshi) dehqonchilik, chorvachilik va kulolchilik ancha qisqargan. Mil. av. 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlarida But va Dnepr boʻyi dashtlarida kimmeriy qabilalari yashagan va Ukraina Sharqiy Yevropadagi Pontik choʻllarining bir qismi xalkolit va bronza davrlarining tarqalishida, otni qoʻlga oʻrgatishda muhim ahamiyat berilgan[1].
Tarixdan oldingi
tahrirSlavyanlar
tahrir17-18-asrlar Ukraina
tahrir1768 va 1769-yillardagi dehqonlar qoʻzgʻoloni va Polsha-Litva hamdoʻstligining boʻlinishi natijasida 18-asr oʻrtalarida Ukraina milliy tiklanishi paydo boʻldi.
19-asrning 20—30-yillarida Ukrainada milliy uygʻonish jarayoni boshlangan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida siyosiy partiyalar tuzila boshlagan. Rossiyada 1917-yil oktabr toʻntarishi roʻy berib, Rossiya va Avstriya—Vengriya imperiyalari barbod boʻlgach, ukrain siyosiy harakati qatʼiy talablar bilan maydonga chiqdi va milliy ozodlik kurashi davri yoki 1917—21 yillardagi ukrain inqilobi boshlandi. Oʻsha davrda Ukrainada Ukraina Markaziy Radasi, german Pavel Skoropadskiy boshliq Ukraina davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning oʻz davlatini tuzishga intildilar.
20-asr
tahrirMustaqillik
tahrirShuningdek, 20-asrning 50—70-yillarida Ukrainada keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar roʻy berdi. Jumladan, sanoat rivojlanib, shaharlar kengaygan. 80-yillar oxirida qayta qurish siyosati boshlanishi bilan muxolifat harakati kuchaygan. Yangi tuzilgan siyosiy tashkilotlar suverenitetga erishish, demokratiyani rivojlantirish, milliy va fuqarolik huquqlari uchun kurasha boshlagan. Nihoyat, 1991-yil 24-avgust kuni Ukraina mustaqilligi eʼlon qilingan. Ukraina 1945-yildan BMT aʼzosi boʻlgan. Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 24-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 25-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgan. Milliy bayrami 24-avgust, mustaqillik kuni esa 1991-yil. 2014-yil mart oyida Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahri Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Matossian Shaping World History p. 43