Sirka
Sirka suv va sirka kislotasidan iborat suyuq moddadir. Sirka kislotasi etanolning Acetobacteraceae tomonidan fermantatsiyalanishidan mahsul boʻladi.[1] Bugunda asosan oshxonada ishlatiladi, biroq tarixan u zaif kislota sifatida sanoat, tibbiyot va kundalik roʻzgʻorda ishlatilib kelinadi. Sirka sekin yoki tez fermentlanish jarayonlari orqali tayyorlanadi. Sekin jarayon anʼanaviy boʻlib, bir necha hafta yoki oygacha choʻziladi. Uzoq fermentlanish muddati bakteriyalardan iborat zaharsiz quyqa yigʻilishiga imkon beradi. Tezkor metodlarda suyuqlikka bakteriyalar qoʻshilib, nasos yordamida kislorodlashtirish uchun havolantiriladi. Tez fermentlanish muddati 20 soatdan uch kungacha boʻladi.
Sirka (ovqat sirkasi) — oziqovqatga ishlatiladigan sirka kislotaning suvdagi (3—15%) eritmasi; sanoatda sirka essensiyasi (savdoga chiqariladigan oziq-ovqat sirka ktasining 80% li suvli eritmasi; sanoatda vino, pivo, kucheiz etil spirti eritmasini bijgʻitish yoʻli bilan olinadi) ga suv qoʻshib tayyorlanadi. Oʻzbek pazandachiligida uy sharoitlarida S.ni uzum, anjir, olma va boshqa shirin mevalarning sharbatidan tayyorlanadi. Uzum S.si tayyorlash uchun yaxshi pishgan uzum sharbati sopol koʻza yoki xumchaga solinadi, har 1 l ga 100 g eski Sdan achitqi sifatida qoʻshiladi. Idish ogʻzini zich yopib, kaynash uchun quyosh tushadigan joyga qoʻyiladi. 1015 kundan soʻng qaynashi toʻxtab S. yetiladi. Tayyor S. suzib, idishlarga quyiladi. Konserva, marinadlar, ziravor tayyorlashda, ovqatga ishtahabaxsh maza kiritish, kabob sirkalashda, tibbiyotda va boshqalarda ishlatiladi (qarang Konservalash).
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Gasoline from Vinegar (Sirkadan benzin)
Vikiomborda Sirka haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |