Ulfat Qodirov
Ulfat Salohitdinovich Qodirov — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2005—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi[1].
Ulfat Salohitdinovich Qodirov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Turkiyadagi elchisi | |
Mansab davri 2005-yildan – 2017-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | Alisher Aʼzamxoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-iyun 1959-yil Fargʻona |
Biografiya
tahrir1959-yil 30-iyunda tugʻilgan. Fargʻona politexnika institutini va Butunittifoq yuridik universitetini tugatgan. Turk, ispan, rus tillarini biladi.
1984—1989-yillarda Farg‘ona politexnika instituti „Elektr tarmoqlari“ kafedrasi xodimi.
1989—1992 — Toshkent politexnika instituti xalqaro aloqalar bo‘limi inspektori.
1992—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar boʻlimida ikkinchi, birinchi kotib.
1997—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni konsultanti.
2000—2005 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi boshlig‘i.
2005—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2013—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Bolgariyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2013—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Ruminiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Министерство иностранных дел Республики Узбекистан“. 22-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.