Uljay madrasasi
Uljay madrasasi (arabcha: مدرسة ألجاي) — Mamluk sultoni Al-Ashraf Sha'bon hukmronligi davrida Bob Zuvayla va Qohira qal'asi oʻrtasidagi hududda qurilgan madrasa.
Asoschisi
tahrirAmir Uljay al-Yusufiy XIV asr oxirida hokimiyat tepasiga kelgan An-Nasir Muhammadning kichik mamluklaridan biri edi. U Hasanning ikkinchi hukmronligi davrida eng yuqori martabaga tayinlangan edi. Uning shuhrat qozonishi Al-Ashraf Shaʼbonning onasi Xovand Baraka bilan turmush qurishi bilan bogʻliq boʻlib, u 1363-yilda eri vafotidan keyin unga uylangan[1]. Nihoyat, u 1373-yilda qoʻshin qoʻmondoni (atabak al-'asakir) oliy harbiy lavozimiga tayinlandi[2]. Aynan shu lavozimga koʻtarilganidan keyin u Qohirada oʻz madrasasini tashkil qilgan.
Tarixiy fon
tahrirMadrasada Shofiʽiy va Hanafiy yoʻnalishida darslar berilgan. Al-Maqriziyning yozishicha, Uljay al-Yusufiy oʻz madrasasini 1366-1967- (hijriy 768) yillarda asos solgan[3]. Biroq uning kollejidagi poydevor yozuvida shunday deyilgan:
„Bu masjid va muborak madrasani qurishga amr qilgan, Janobi oliylari, amir Sayfiddin Uljay, al-Malik al-Ashraf (Sha’bon) g‘olib qo‘shinlari sardori), Alloh taolo g‘alabasini muborak qilsin. 774-yil rajab oyi sanasi / 1372-yil dekabr - 1373-yil yanvar“[4].
Manbalar
tahrir- ↑ al-Maqrīzī, Aḥmad ibn ʻAlī. al-Sulūk li-Maʿrifat Duwal al-Mulūk (Arabic) ʿAṭā: . Beirut: Dār al-Kutub al-ʿIlmīyah, 1997 — 4:238-bet.
- ↑ al-Maqrīzī, Aḥmad ibn ʻAlī. al-Sulūk li-Maʿrifat Duwal al-Mulūk (Arabic) ʿAṭā: . Beirut: Dār al-Kutub al-ʿIlmīyah, 1997 — 4:352-bet.
- ↑ al-Maqrīzī, Aḥmad ibn ʻAlī. al-Mawāʿiẓ wa-'l-iʿtibār fī dhikr al-khiṭaṭ wa-'l-āthār (Arabic) Sayyid: . London: Muʾassasat al-Furqān, 2002 — 4:615-16-bet.
- ↑ O'Kane, Bernard „The Monumental Inscriptions of Historic Cairo“. Insc. Number 131.1.