Alufa
(Ulufadan yoʻnaltirildi)
Alufa, ulufa (arab. — xashak, yem) — 1) harbiy qoʻshin va lashkar ixtiyoridagi ot-ulov uchun aholidan toʻplanadigan natural soliq. Choparlar va elchilarning ot-ulovlari ham Alufa orqali yigʻilgan yem-xashak bilan taʼminlangan. Jangchilarga beriladigan maosh ham Alufadeb atalgan. Masalan, „Temur tuzuklari“da Amir Te-mur „Yana buyurdimki, oʻnboshi yuzboshining tasdigʻi bilan, yuzboshi mingboshining tasdigʻi bilan, mingboshi amir ul umaroning tasdigʻi bilan ulufa olsinlar“ deb koʻrsatma beradi. Alufa istilohi XII asrdan maʼlum; 2) XVIII asrda Buxoro xonligida gʻoziilarni natura (bugʻdoy va boshqalar) hamda pul bilan taqdirlash.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |