Ulugʻbek Rashitov

oʻzbekistonlik taekvondochi
(Ulug‘bek Rashidovdan yoʻnaltirildi)

Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov (2002-yil 23-mart, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2020-yilgi hamda 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi[1]. Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Butunjahon harbiy oʻyinlari va taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni. 2023-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni sohibi[2].

Ulugʻbek Rashitov
Ulugbek Rashitov at the 2024 Summer Olympics 01.jpg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 23-mart 2002-yil (2002-03-23) (22 yosh)
Toshkent
Boʻyi 185 sm
Vazni 68 kg
Mukofotlar

Oʻzbekiston iftixori

Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport taekvondo
Murabbiy(lar)i Pavel Xan
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Oltin Parij 2024 68 kg
Oltin Tokio 2020 68 kg
Jahon chempionati
Bronza Boku 2023 68 kg
„Gran-Pri“ turniri
Oltin Rim 2023 68 kg
Oltin Parij 2023 68 kg
Kumush Ar-Riyod 2022 68 kg
Bronza Tayyuan 2023 68 kg
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Oltin Xanchjou 2023 68 kg
Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati
Oltin Chuncheon 2022 68 kg gacha
„Grand Slam“ turniri
Oltin Wuxi 2022 68 kg
Islom birdamligi oʻyinlari
Oltin Konya 2021 68 kg
Yoshlar Olimpiya Oʻyinlari
Kumush Buenos Ayres 2018 48 kg
Taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati
Bronza Hammamet 2018 51 kg
Butunjahon harbiy oʻyinlari
Oltin Uxan 2019 58 kg gacha
Taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati
Oltin Atirau 2017 45 kg
Oltin Amman 2019 55 kg

Hayoti

tahrir

Ulugʻbek Rashitov 2002-yilning 23-mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan[3]. 18-sonli umumtaʼlim maktabda oʻqigan[4]. Ulugʼbek Rashitov Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetida tahsil olgan[5].

Faoliyati

tahrir

Ulug'bek Rashitov 2016-yildan O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi, keyin o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibidan o‘rin olgan, so‘ng terma jamoaga o‘tgan[6].

2018-yilda Tunisda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan[6].

2018-yilda Ulugʻbek Rashitov Buenos Ayresda (Argentina) boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yoshlar oʻrtasida 48 kg gacha vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi va finalda rossiyalik sportchi Dmitriy Shishkoga yutqazdi.

2019-yilda oʻsmirlar oʻrtasida taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida 55 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[7]. Shu yilning oʻzida u 2019-yilgi Xalqaro harbiy oʻyinlarida 58 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi va finalda xitoylik sportchi Liang Yushuayni magʻlub etdi.

2021-yilda Amman shahrida (Iordaniya) taekvondo boʻyicha Osiyo Olimpiya saralash turnirida u Tokioda (Yaponiya) XXXII Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi[8].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 68 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Saralash bosqichida u Mali sportchisi Seydu Fofanani magʻlub etdi. Nimchorak finalda u koreyalik ikki karra Olimpiada sovrindori Li Da Xuni yengdi[9]. Yarim finalda u Nedzad Xushichga (Bosniya va Gersegovina) qarshi jangga chiqdi[10] va 28:5 hisobida yirik gʻalabaga erishdi[9]. U finalda britaniyalik taekvondochi Bredli Sindenni 34:29 hisobida magʻlub etib, Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oʻrin sohibi boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[8].

2022-yilda 24-iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida u 68 kg gacha vazn toifasida final bahsida iordaniyalik sportchi Zaid Karimni magʻlub etib, oltin medalini qoʻlga kiritdi[11].

2022-yilning 9-12-avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom birdamligi oʻyinlarida 68 kg vazn toifasida dayanga chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Finalda ozarbayjonlik Javad Agayevni magʻlub etgan.

2023-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 68 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Rashitov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yarim finalda janubiy koreyalik sportchi Jin Xo Junga magʻlub boʻlgan[12].

Ulugʻbek Rashitov Italiyada oʻtkazilgan Gran-prida 68 kg vazn toifasida oltin medal sohibi boʻlgan. Finalda vengriyalik Levente Józsani magʻlub etgan[13].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

tahrir

Ulugʻbek Rashitov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Hong konglik sportchi Lo Wai Fungga qarshi dayanga tushdi va 2:0 (12:0, 9:2) hisobida gʻalaba qozondi. Chorak finalda unga xitoylik Liang Yushuai raqiblik qildi. Liang Yushuai 0:2 (1:2, 2:9) hisobida magʻlub boʻldi. Ulugʻbek Rashitov ispaniyalik raqibi Javier Perez Poloni yengib final bosqichiga oʻtdi. Finalda 2:0 hisobida iordaniyalik raqibi Zaid Karimni magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[14].

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Sam Peene. „Paris 2024 taekwondo: All results, as Uzbekistan’s Ulugbek Rashitov defends Olympic title in men's -68kg“ (ingliz tilida). olympics.com (2024-yil 9-avgust). 2024-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
  2. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (2021-yil 13-avgust). 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust.
  3. „Ulug‘bek Rashidov Olimpiada chempionligini bir necha kun avval vafot etgan amakisiga bag‘ishladi“. daryo.uz. Qaraldi: 29-iyul 2024-yil.
  4. „Rashitov Ulug'bek Ismatullaevich“. repost.uz. Qaraldi: 29-iyul 2024-yil.
  5. „OʼzMU talabasi Ulugʼbek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya oʼyinlari yoʼllanmasini qoʼlga kiritdi“. nuu.uz. Qaraldi: 29-iyul 2024-yil.
  6. 6,0 6,1 „Tarixiy natija. Ulug‘bek Rashitov — taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni“. gazeta.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
  7. „Iran dominate Asian Junior Taekwondo Championships with 10 gold medals“. www.insidethegames.biz (1563816900). Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  8. 8,0 8,1 „Pekin-2020. Улуғбек Рашидов Ўзбекистон делегациясининг дастлабки олтин медалини қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  9. 9,0 9,1 „Токио-2020. Ўзбекистонлик таэквондочи Улуғбек Рашидов финал йўлланмасини қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  10. „Токио-2020. Ўзбекистонлик Улуғбек Рашидов яримфинал йўлланмасини қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  11. „Oʻzbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qoʻlga kiritdi“. gazeta.uz (2022-yil 24-iyun).
  12. „World Taekwondo“. m.worldtaekwondo.org. 2023-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  13. „Улугбек Рашитов завоевал «золото» Гран-при по тхэквондо в Италии“. Newshub.uz. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  14. „Ulug‘bek Rashitov - ikki karra Olimpiada chempioni“. kun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
  15. „Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi“. gazeta.uz. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
  16. „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.
  17. „Diyora Keldiyorova muddatidan oldin katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovaga ham ilk ofitserlik unvonlari berildi“. kun.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.

Havolalar

tahrir