Ulyanov viloyati
Ulyanovsk viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1943-yil19 yanvardatashkil qilingan. Rossiya Yevropa qismining janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 37,3 ming km². Aholisi 1382,3 ming kishi (2002), asosan, ruslar (73%), shuningdek, tatar, chuvash, mordva, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Viloyat tarkibida 21 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 33 shaharcha bor. Shahar aholisi 73%. Viloyat markazi – Ulyanovsk sh.
Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
Ульяновская область Ulyanov viloyati | |
---|---|
Ulyanov viloyati bayrogʻi | Ulyanov viloyati gerbi |
Administrativ markaz | Ulyanov |
Maydon | 37 181 km² (59-chi) |
- suv qismi | 5,4% |
Aholi | 1 274,8 ming kishi (38-chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2013 |
- zichlik | 34,2 kishi / km² |
YaIM | 174,7 mlrd rub. (49-chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
- jon boshiga | 115,5 ming rub. |
Federal okrug | Privoljsk |
Iqtisodiy tuman | Privoljsk |
Gubernator | Sergey Ivanovich Morozov |
Qonunchilik majlisi raisi | Boris Ivanovich Zotov |
RF subyekti kodi | 73, 173 |
Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |
Ulyanovsk viloyati hududining 3/4 ga yaqin qismi Volga boʻyi qirlarining sharqida joylashgan. Volga daryosi Ulyanovsk viloyati hududini oʻng va chap (Zavoljye) soxillarga boʻladi. Zavoljye sohili qismi bir oz qiya tekislik. Oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari (bal. 363 m gacha) joylashgan. Foydali qazilmalari: kvars, kumush, diatomitlar, qurilish materiallari xom ashyosi, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slanetslar, torf, fosforitlar. Undori mineral suvi bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi –13°, iyulniki 19°. Yiliga 400 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 174 kun. Asosiy daryolari – Volga va uning irmoqlari (Sura, Sviyaga, Katta Cheremshan va boshqalar); Kuybishev suv ombori, kichik koʻllar bor. Viloyat oʻrmonli dasht va keng bargli oʻrmonlar (asosan, shim.garbi) zonasida, joylashgan. Zavoljyeda qaragʻayzorlar saqlangan. Oʻrmonlar viloyat hududining 25% ni egallaydi. Katta maydon unumdor qoratuproqlar bilan qoplangan. Yovvoyi hayvonlardan los, suvsar, tiyin, oq tovushqon, suv parrandalari va botqoqqirgʻoq qushlari yashaydi. Kuybishev suv omborida baliq ovlanadi.
Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (U.v,da Rossiya avtobuslarining 64%, yuk avtomobillarining 6%, shuningdek, samolyotlar, stanoklar, kimyo sanoati uchun jihozlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chikariladi). Yengil (jun va zigir gazlamalar, paypoq) va oziq-ovqat (un, yorma va boshqalar) sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, sement, termoizolyatsiya ishlab chiqarish, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Eng yirik korxonalari: "Ulyanovskiy avtozavod", "Voljskiye motori", "Avtodetalservis", "Aviastar", mexanika mashinasozlik zavodlari, Dimitrovgrad agregat zavodi. Asosiy sanoat markazlari Ulyanovsk, Dimitrovgrad. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi sutgoʻsht yoʻnalishidagi chorvachilik. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Bugʻdoy, arpa, grechixa, texnika ekinlaridan kungaboqar va qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, sabzavot ekinlari va boshqa ekiladi. Transport yoʻlilar uzunligi 709 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 4615 km, Volgada kemalar qatnaydi. Havo transporti viloyatni Rossiya Federatsiyasining koʻpchilik rayonlari bilan boglaydi. 2 xalqaro aeroporti (shu jumladan, UlyanovskVostochniy) bor. 46 sanatoriykurort muassasasi faoliyat koʻrsatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Vikiomborda Ulyanov viloyati haqida turkum mavjud |