Umar Sulaymon (imom)
Umar Sulaymon (arabcha: عمر سليمان </link> ; 1896-yilda tug’ilgan) – amerikalik musulmon olimi, fuqarolik huquqlari yoʻnalishida yetakchi, yozuvchi va notiq . U Yaqeen islom tadqiqotlari instituti asoschisi va prezidenti , islomshunoslik kafedrasi professori va Janubiy Metodist universiteti qoshidagi Etika markazi maslahat kengashi aʼzosi hisoblanadi. Hozirda u Valley Ranch islom markazining doimiy stipendiati va tinchlik va adolat uchun koʻp konfessiyali ruhoniylar koalitsiyasi – Thanks-Giving maydonidagi Faith Forward Dallasning faxriy hamraisi sifatida faoliyat olib boradi[3].
Umar Sulaymon | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1986 (yoshi 37–38) |
Dini | Islom |
Millati | Amerikalik |
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanbali[2] |
Tanilgan sohasi | Islom tadqiqotlari, ijtimoiy adolat |
Kasbi | Imom, yozuvchi |
Hayoti
tahrirSulaymon 1986 yilda Yangi Orleanda falastinlik oilada tugʻilgan[4].
Sulaymon buxgalteriya hisobi va islom huquqi yoʻnalishida bakalavr, islom moliyasi va siyosat tarixi yoʻnalishida esa magistr darajalariga ega. Malayziya xalqaro islom universitetida islom tafakkuri va sivilizatsiyasi boʻyicha doktorantura bosqichini tamomlagan[5] [6] [7].
Faoliyati
tahrirNyu-Orleanga qaytib borganidan soʻng, u olti yil Jefferson musulmonlari uyushmasining imomi hamda 2005-yil oxirida „Musulmonlar insoniyat uchun“ Katrina toʻfoni oqibatlarini bartaraf etish borasida direktor lavozimida oʻz faoliyatini oliv bordi. U Sharqiy Jefferson dinlararo ruhoniylar assotsiatsiyasiga asos solgan va 2010-yilda Nyu-Orlean hokimi va shahar kengashi tomonidan ajoyib fuqarolik yutugʻi uchun mukofotlangan[8].
2016-yilda u musulmon tadqiqot markazi, Yaqeen islom tadqiqotlari institutiga asos solgan[9] [10] U, shuningdek, MUHSEN (Musulmonlar uchun maxsus taʼlim ehtiyojlarini aniqlash va ularga koʻmak berish) – nodavlat-notijorat tashkilotining asoschisi boʻlib, u nogironlar va ularning oilalariga yaxshiroq xizmat koʻrsatadigan yanada inklyuziv musulmon jamoalarini yaratishga qaratilgan mavzularda edi[11].
Kitoblari
tahrir- Prayers of the Pious, 2019.ISBN 978-1-84-774129-5
- Allah Loves…, 2020.ISBN 978-1-84-774135-6ISBN 978-1-84-774135-6
- Repentance: Breaking Habits of Sin, 2020.ISBN 978-9-67-174029-3ISBN 978-9-67-174029-3
- 40 on Justice: The Prophetic Voice on Social Reform, 2021.ISBN 978-1-84-774144-8ISBN 978-1-84-774144-8
- Angels in your Presence, 2021 yil.ISBN 978-1-84-774150-9ISBN 978-1-84-774150-9
- Meeting Muhammad, 2022 yil.ISBN 978-1-84-774177-6ISBN 978-1-84-774177-6
Manbalar
tahrir- ↑ Solis, Dianne „Irving imam, who has denounced extremism, threatened in ISIS videos“. Dallas News (2017-yil 15-mart). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
- ↑ El Masry, Shadee [@DrShadeeElmasry]. „Hanbali in fiqh & aqida“.
- ↑ „Religious Leadership“ (en-US). Valley Ranch Islamic Center. 2022-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
- ↑ Abdelaziz. „Google Search Is Doing Irreparable Harm To Muslims“. The Huffington Post (2017-yil 24-iyun). Qaraldi: 2017-yil 27-iyun.
- ↑ „Dr. Omar Suleiman“. AlMaghrib Institute. Qaraldi: 2021-yil 11-dekabr.
- ↑ „Meet Our Banquet Keynote Speaker, Sheikh Omar Suleiman“. Council on American–Islamic Relations. Qaraldi: 2021-yil 11-dekabr.
- ↑ Suleiman. „A Hermeneutical Understanding of Jihād through Its Historical Contingencies“. International Islamic University Malaysia (2020-yil sentyabr). 2021-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- ↑ „The Preacher“. www.dmagazine.com (2017-yil iyun). Qaraldi: 2018-yil 26-may.
- ↑ „2017–2018“. Yaqeen Institute. 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-may.
- ↑ „Sh. Omar Suleiman“. Yaqeen Institute. Qaraldi: 2017-yil 2-mart.
- ↑ „Founder of Muhsen“. www.muhsen.org. Qaraldi: 2018-yil 26-may.
Qoʻshimcha maʼlumotlar
tahrir- Suleiman. „My Islam: Not Dogmatic Secularism Nor Religious Fanaticism“. Muslim Matters (2017-yil 27-fevral).