Umar ibn Ahmad Marg‘inoniy
Umar ibn Ahmad Marg‘inoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, muftiy |
Umar ibn Ahmad Marg‘inoniy (arabcha: عمر بن أحمد المرغيناني — Umar ibn Ahmad Marg‘inoniy — Toʻliq ismi: Abu Muhammad Umar ibn Ahmad ibn Abulhasan ibn Hasan G‘andabiy Marg‘inoniy (485/1092—556/1161)) — Faqih va muftiy.
Faoliyati
tahrirUmar ibn Ahmad Marg‘inoniy faqih, fozil inson bo‘lib, Samarqandda istiqomat qilgan va Farg‘oniy nomi bilan tanilgan. G‘andab nisbasi Marg‘ilonning O‘rta asrlardagi mahallalaridan birining nomiga nisbatan olingan. Samarqandda muftiylik qilgan. Faxriddin Qozixonning bobosi Qozi Mahmud O‘zgandiydan taʼlim olgan. Manbalarda uning Abu Jaʼfar Muhammad ibn Husayn Siminjoniy(vafoti 504/1110-yil)ning ham shogirdi bo‘lganligi haqidagi maʼlumotlar bor. Sam’oniy esa allomaning o‘zidan dars olganini xabar qiladi.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 368.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |