Umar ibn Al-Farid
Umar ibn Al-Farid — eng mashhur arab sufiy shoirlardan biridir. U Qohirada dindor oilada tug‘ilgan va chuqur ilohiy taʼlim olgan (ayniqsa, islom huquqi — fiqhni chuqur o‘rgangan). Ibn al-Faridda zohidlarcha turmush tarziga moyillik erta uyg‘ongan va u Qohiradan sharq tarafda joylashgan al-Mukattam tepaligida yolg‘iz yashagan.
Hayoti
tahrir„Muqaddas joylar“da ko‘p yillar bo‘lish (Ibn al-Farid 15 yil umrini Makkada o‘tkazgan) shoirning feʼlini o‘zgartirmagan va Vataniga qaytganidan so‘ng u yana tepalikda yashay boshlagan. Bu yerga xudojo‘y ilohiy suhbatlar ishtiyoqmandlari uning oldiga oqib kelavergan. Misrning salibchilarga qarshi urush sharoitida xalq ichida diniy ishtiyoqni har tomonlama mustahkamlashga uringan ayyubiy hukmdorlari sufiylarni qo‘llab-quvvatlaganlar. Sufiylar o‘zlarining qatʼiy turmush-tarzi bilan mo‘min ruhoniylarning obro‘sini ko‘targanlar. Ular shoirga har tomonlama hurmat ko‘rsatganlar.Sulton al-Malik al-Kamil (1218-1238) hatto Ibn al-Faridni Misrning bosh qozisi etib tayinlashni vaʼda qilib saroyga taklif etgan. Lekin shoir bunday yuqori sharafdan voz kechgan.
Ijodi
tahrirIbn al-Farid o‘zining ilohiy sheʼrlarini bir necha kunlab och, kasal, ilhom kelish holatida yaratgan. Ibn al-Farid dunyoqarashidagi ko‘p narsa uni fors sufiylarining panteizmiga yaqinlashtiradi. Fors sufiy shoiri Jomiy uning sheʼrlariga sharhlar yozgani bejiz emas. Ibn al-Faridning devoni hajm jihatdan katta emas. Uning sheʼrlarida yerga oid ilohiy jihatlar shunchalik qo‘shilib ketganki, ularni bir xilda ham muhabbat qasidalari, ham ilohiy madhiyalar sifatida talqin etish mumkin. Shoir Allohga bo‘lgan muhabbatini oddiy insoniy muhabbatga shunchalik jasorat bilan o‘xshatganki, muxlislari uning sheʼriyati to‘g‘ri tushunilishi uchun sharhlar yozishga juda ko‘p mehnat sarflaganlar.
Sheʼriyat mavzusi
tahrirIbn al-Faridning sof mistik mazmunga ega bo‘lgan eng mashhur asarlari — „May qasidasi“ („al-Xamriya“) hamda „t“ harfiga qofiyalanganligi bois „Katta taʼiya“ deb ataladigan „Mo‘minning yo‘li“ („Nazm as-Suluk“) asarlaridir. „Katta taʼiya“ xuddi shu muallifning „Kichik taʼiya“sidan farq qilgan. „May qasidasi“ning birinchi jihati—may va mastlikning quvnoq holatiga hayratlanarli madhiyadir. Biroq bu yerda har bir so‘z ilohiy maʼnoga ega. May—ilohiy jonlanish, yor — iloh, tok novdasi — borliq, osmondagi oy — xuddi kosa singari haqiqat nuri bilan to‘lgan komil inson, may—Allohning irodasi bilan unga yaqinlik hadya etilgan mo‘min odamlarning paydo bo‘lishi va hokazo. Ushbu parchaning har bir so‘zini allegorik tushunish kerak. Bunda gap Allohga yaqinlashish baxti haqida bormoqda. May-Allohni bilish. Ushbu ichimlikning yaltirashi — inson aqlining nuri. Ilohiy haqiqat — har bir sufiy bilishga intiladigan, ammo puxta saqlanadigan sir. Ilohiy jonlanishni his qilmagan hech kim baxtli bo‘la olmaydi, — ushbu parchaning ilohiy mazmuni ana shundan iborat. Mayning aralashuvi komil insonning ilohiy haqiqatni qabul qilishini bildiradi. Yor — Alloh, uning tufigi — ilohiy so‘z. Ibn al-Faridning „Katta taʼiya“ ilohiy qasidasini arab tanqidchilari arab adabiyotining durdonalaridan biri va sufiylik sheʼriyatining klassik namunasi deb hisoblaydilar. U sufiylik majlislarida musiqa bilan birga kuylanadi deb hisoblanadi. Qasida, shubhasiz, islom mistisizmining tarixi bilan shug‘ullanuvchilar uchun qiziqarlidir. „Katta taʼiya“da (hajm jihatdan shoirning deyarli barcha boshqa asarlariga teng) Ibn al-Farid o‘zining sufiylik tajribasini tasvirlashga urinadi. Qasida esa sufiyning Alloh tomon yuksalib borishini allegoriyalar orqali ifoda etadi. Obrazli qilib go‘yoki sufiylarning inson ruhiy ekstaz holatiga erishish, ilohiy go‘zallikni ko‘rish quvonchidan bahramand bo‘lish uchun bosib o‘tishi lozim bo‘lgan yo‘l haqidagi tasavvurlarini ifodalaydi.Qasidada ilohiy go‘zallik tabiat va insonning go‘zalligi orqali ochib beriladi. Ilohiy ruhiy asos esa, go‘yoki tabiat bilan birlikda mavjuddir. Ibn al-Faridning tili va uslubida diniy ekstaz muhri mavjud. Ibn al-Faridning qasidalaridagi hissiy zo‘riqish asar oxiriga yaqinlashgan sari ortib boradi. Muallif ilohiy ehtirosni ifodalab, uni cheklovchi arab mumtoz grammatikasining qoidalarini buzadi. Uning hayajonli nutqi ruhlarga qarata aytilgan qasamyodlar, ritorik savollarga to‘la. Unda faqat bilimli odamlargina tushunadigan sufiylik xususiyatiga ega ko‘plab ishoralar mavjud. Shu bilan birga, muallif o‘z zamonining sheʼriy uslubiga asoslangan holda, murakkab ritorik figuralar, so‘z o‘yinlari hamda kechki o‘rta asrlar arab sheʼriyatiga xos bo‘lgan boshqa sunʼiy texnik usullardan foydalangan.
Manbalar
tahrir•"Sharq mumtoz adabiyoti" Ziyovuddinova Muxlisa Toshkent—2012
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |