Umar ibn Xattobning Turbaga yurishi[3] milodiy 628-yilning iyulida (Islom taqvimi boʻyicha hijriy 7-yilning 3-oyi) boʻlib oʻtgan[4].

Umar ibn Xattobning yurishi
Sanalar Milodiy 628-yil iyul (hijriy 7-yil 3-oy)
Urush yeri Turba
Natija Qabila vakillari qochib ketishgan[1][2]
Qoʻmondonlar
Umar ibn Xattob
Kuchlar
30 Butun qabila

Ushbu yurishga Islom paygʻambari Muhammadning buyrugʻi bilan Umar ibn Xattob boshchilik qilgan[5][6].

Turbaga yurish

tahrir

Vadiy al-Quraga uchinchi yurishdan keyin Madinaga qaytgach, Muhammad Umar ibn Xattobni 30 kishilik boʻlinma bilan Madinadan 4 kechalik masofada joylashgan Turba degan hududda istiqomat qiluvchi Havozin qabilalarining bir boʻlimiga qarshi joʻnatgan. Turba hududi Sano va Najronga ketish yoʻlida joylashgan edi[7]. Umarning askarlari kechalari yoʻl yurib, kunduzi yashiringan holda qabila tomon harakatlangan. Musulmon olimi Sayfur Rahmon Muborakpuriyning soʻzlariga koʻra, musulmonlar armiyasi qabila turar-joyiga yetib kelganida, Havozin qabilasidagilar ularning yaqinlashib kelayotgan hujumi haqida xabar topgan va u yerdan qochib, oʻz jonlarini saqlab qolishgan[8][9][10].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir