Umidaxon Axmadjonovna Zakirova (tugʻ. 1970-yil 30-sentyabr, Andijon viloyati, UzSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi .

Umidaxon Zakirova
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2020-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-sentyabr 1970-yil (1970-09-30) (54 yosh)
Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi filolog
Maʼlumoti Andijon davlat tillar pedagogika instituti

Biografiyasi

tahrir

1970-yil 30-sentyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan. Oliy maʼlumot olgan, Andijon davlat tillar pedagogika institutini tugatgan. Rus, turk va ingliz tillarini yaxshi biladi[1].

Mehnat faoliyatini 1989-yilda Andijon davlat tillar pedagogika instituti laboranti lavozimidan boshlagan. 1994-2015-yillarda Andijon shahar 30-sonli maktab rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari, 2015-2019 -yillarda Andijon shahar 4-sonli maktab direktori, 2019-2020-yillarda Andijon shahar 11-sonli maktab direktori lavozimlarida ishlagan.

U Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasida va 9-sonli Andijon saylov okrugida[2].

Manbalar

tahrir