Umm at-Tabul masjidi (arabcha: جامع أم الطبول) 1959-yil Mosul qoʻzgʻolonida qatnashgan zobitlar xotirasiga qurilgan Iroqning Bagʻdod shahrida joylashgan katta masjiddir[1]. Masjid Yarmuk mahallasida qurilgan[2] va islomiy Misr arxitekturasidan, xususan Qohiradagi Saladin qal’asidan ilhom olgan noyob meʼmorchilik naʼmunasi ekanligi bilan ajralib turadi. Bu Bagʻdod xalqaro aeroportiga eng yaqin masjidlardan biridir[3][4].

Masjid
Umm al-Tabul masjidi
arabcha: جامع أم الطبول
Umumiy koʻrinish
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Koordinatalar 33°17′13″N 44°20′30″E / 33.2869319°N 44.3415858°E / 33.2869319; 44.3415858
Meʼmoriy uslub Islom va Misr meʼmorchiigi
Asosiy sana:
20-sentyabr 1978-yil
Gumbazlar soni 5
Gumbazlar soni 5
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Holati aktiv

Tarixi

tahrir

Rejalashtirilishi va qurilishi

tahrir

Masjid qurilishidan oldin bu hudud Bagʻdoddan tashqarida joylashgan armiya xodimlarini otishmaga oʻrgatish uchun maydon boʻlgan. 1963-yilda shahar kengayib borayotgan bir paytda, Iroq Vazirlar Kengashi oʻsha paytdagi munitsipalitetlar vaziri Mahmud Sheetga maktubda loyihalarni tayyorlash va ularni Vazirlar Kengashiga taqdim etish va ular boshchiligidagi qoʻmita tuzishga rozilik bergan. Iroq munitsipalitetlari vaziri va Mudofaa vazirligi hamda boshqa koʻplab vazirliklar vakillaridan tuzilgan qoʻmitaga hududda yangi mahalla qurilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan[3].

Qohiradagi Salohiddin qal’asiga asoslangan va kattaligi kattaroq boʻlishi rejalashtirilgan masjidni loyihalash uchun muhandis Abdulsalam Ahmad olib kelingan. Hudud xaritalarini rassom Arsham George chizgan. Iroq xattoti Hashem Muhammad al-Bagʻdodiy masjid uchun xattotlik ishlarini amalga oshirishda yordam bergan. Poydevor toshi 1964-yil 16-iyulda qoʻyilgan va masjid 1978-yil 20-sentyabrda ochilgan. Masjid qiymati 700 ming dinor boʻlib, bunda Iroq maqom xonandasi Muhammad al-Qubanchining hissasi bor. Xodimlar uchun masjid yonida uchta uy ham qurilgan[3]. Bundan tashqari, 1958-yil Mosul qoʻzgʻolonida qatnashgan zobitlarning hoklari ham al-Gʻazzoliydagi sobiq qabristondan Umm al-Tabul masjidining yangi qabistoniga koʻchirilgan.

Tashkil etilishidan keyingi voqealar

tahrir
 
Umumiy koʻrinish

Masjid tashkil etilgandan soʻng u nafaqat namozgoh, balki sayyohlik maskaniga aylanib, koʻplab xorijlik sayyohlar va tadqiqotchilarni oʻziga jalb qilgan. Koʻplab delegatsiyalar, jumladan Indoneziya, Misr va Yevropa vakillari zamonaviy islom arxitekturasi namoyondasini koʻrish va bu borada tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun masjidga tashrif buyurgan[3]. Masjid 1982-yilda Iroqning rasmiy turistik qoʻllanmasiga sayyohlar tashrif buyurishi uchun tavsiya etilgan muhim arxitekturaga ega diqqatga sazovor joy sifatida kiritilgan. Oʻsha vaqtda masjid „Shahidlar masjidi“ deb atalgan[5].

Amerika qoʻshinlari Iroqqa bostirib kirishi chogʻida Amerika qoʻshinlari salafiylikda gumon qilingan masjid imomi va voizi Mahdi al-Sumaydaiyni hibsga olish uchun ruxsatsiz masjidga bostirib kirishgan. Xabar qilinishicha, Amerika qoʻshinlari masjiddagi Qur’onlarni ham toptab, yirtib tashlashgan, shuningdek, ularni yerga uloqtirib, masjid eshiklarini sindirishgan. Ammo Amerika qoʻmondonligi bu ayblovlarni rad etgan. Bu voqea, shuningdek, sunniy vaqf idorasi roziligisiz salafiylar tomonidan masjid nomini norasmiy ravishda „Ibn Taymiya masjidi“ deb oʻzgartirilishi sunniy musulmonlarni qamrab olgan katta namoyishiga ham sabab boʻldi. Xabar qilinishicha, namoyishchilar Amerikaga qarshi namoyish oʻtkazganlar[6][7].

Iroq urushi va IShIDning mamlakatdagi mavqeyining kuchayishi tufayli millionlab iroqliklar oʻz uylarini tashlab ketishdi. Koʻpchilik, jumladan Mosuldan va Suriya chegarasi atrofidagi hududlardan kelgan qochqinlar Bagʻdodga qochib ketdi va Umm at-Tabul masjidida 2014-yilning yanvar oyidan buyon toʻplanib vaqtinchalik boshpanalarda yashay boshlashdi. Masjid mutasaddilarining hisob-kitoblariga koʻra, 2016-yilgacha 120 oila masjid atrofida koʻchib kelgan[8].

2019-yilda Iroq urushi paytida masjid atrofiga qoʻyilgan beton bloklar Bagʻdod meri buyrugʻiga binoan olib tashlangan. Yillar davomida yopilgan hudud ham tozalangan[9]. Masjidga bir marta Eron generali Qosim Sulaymoniy ham tashrif buyurgan[2].

Tavsifi va arxitekturasi

tahrir
 
Masjidning ichki qismi.

Umm at-Tabul masjidining maydoni taxminan 15 ming kvadrat metr boʻlib, 1500 nafarga yaqin namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Masjid atrofidagi kampus yerdan bir yarim metr balandlikka koʻtarilgan boʻlib, oq marmardan yasalgan keng zinapoyaga ega. Asosiy kirish maydoni marmar ustunlar va Ya-Sin surasi oyatlari yozilgan hashamatli qandillarni oʻz ichiga oladi. Asosiy kirish eshigi tepasida har biri 40 metr uzunlikdagi ikkita minora joylashgan. Masjidning ziyoratgohi toʻrtburchak shaklda boʻlib, kengligi 50 metrga, uzunligi 100 metrga teng. Orqasida tahorat olish va boshqa xizmatlar uchun joy bor. Masjidga oq marmardan yasalgan 98 ta arkali ustunlar oʻrnatilgan va ustunlar orasida bir nechta qandillar joylashtirilgan. Shiftda qurilish ishlariga yordam berish uchun olib kelingan misrlik ishchilarning qoʻl mehnati bilan ishlangan bitiklar mavjud. Ichkarida misr materialidan yasalgan mehrob va minbar, hamda masjid tepasida marmardan yasalgan katta gumbaz, shuningdek, uning atrofida boshqa kichikroq gumbazlar joylashgan. Ichkaridagi devorlarda Hoshem Muhammad al-Bagʻdodiy qoʻlyozmasida yozilgan ar-Rahmon surasi va Oyat al-Kursiy oyatlarining bandlari bitilgan. Masjidda koʻplab namozxonalar, jumladan yozgi va ayollar uchun namozxonalar mavjud. Shuningdek, masjid imomi va noibi uchun ham alohida xonalar bunyod etilgan[3][4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „الگاردينيا - مجلة ثقافية عامة - خفايا ودلالات الحلقة ٨ و٩: العقيد الركن عبد الوهاب الشواف ١٩١٨- ١٩٥٩م“. algardenia.com. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Farrukh. „ماذا يفعل قاسم سليماني في جامع أم الطبول في بغداد؟“ (ar). إرم نيوز (2018-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „أم الطبول العراقي.. تحفة معمارية بأرض العسكر“ (ar). www.albayan.ae (2014-yil 30-iyun). Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 The History of Modern Baghdad Mosques by Dr. Yunus al-Samarrai
  5. Iraq: A Tourist Guide, 1982
  6. „السنة يتظاهرون في بغداد احتجاجا على اقتحام القوات الأميركية لجامع أم الطبول“. archive.aawsat.com. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  7. Burns, John F.. „U.S. Soldier Is Killed as Helicopter Is Shot Down in Iraq“ (en-US). The New York Times (2004-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  8. „Life on the margins in an Iraqi mosque“ (en). The New Humanitarian (2016-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  9. „المباشرة برفع الكتل الكونكريتية من محيط جامع "أم الطبول" في بغداد“ (ar). قناه السومرية العراقية. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.