Ummu Salama bint Yaʼqub al-Maxzumiy
Ummu Salama binti Yaʼqub al-Maxzumiy (arabcha: أم سلمة بنت يعقوب المخزومي) – Abbosiylar sulolasining asoschisi, birinchi abbosiy xalifasi al-Saffohning asosiy rafiqasi. Ummu Salama xalifalik tarixida har ikkala Umaviylar va Abbosiylar sulolasi vakili bilan nikoh orqali aloqada boʻlgan yagona ayol hisoblanadi.
Ummu Salama bint Yaʼqub al-Maxzumiy أم سلمة بنت يعقوب المخزومي | |||||
---|---|---|---|---|---|
Abbosiy xalifaning xotini | |||||
Egalik | 750–754 | ||||
Turmush oʻrtogʻi |
| ||||
Bolalari |
| ||||
| |||||
Uy |
Banu Maxzum (tugʻilgan) Umaviylar and Abbosiylar (nikoh orqali) | ||||
Otasi | Yaʼqub ibn Salama | ||||
Dini | Islom |
Ajdodi
tahrirUmmu Salama binti Yaʼqub ibn Salama ibn Abdulloh ibn al-Volid Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan Valid ibn al-Validning (Xolid ibn Validning ukasi) toʻrtinchi avlodi boʻlgan[1]. Otasi Yaʼqub ibn Salama Ayyub ibn Salamaning ukasi edi. Ummu Salamaning otasi va amakisi Banu Maxzumning koʻzga koʻringan vakillaridan boʻlishgan.
Biografiyasi
tahrirUmmu Salama umrining dastlabki yillarini Makka va Madinada oʻtkazgan. U xalifa al-Volid ibn Abdulmalikning oʻgʻli, Umaviylar shahzodasi Abdulazizga (h. 705–715) turmushga chiqqan, biroq uning eri 728 yoki 729-yillarda vafot etgan. Keyinchalik Ummu Salama xalifa Hishom ibn Abdulmalikning oʻgʻli Umaviylar shahzodasi Maslama (h. 724–743) bilan oila qurgan, biroq Maslama ham 740-yillarda vafot etgan. Ummu Salamaning Maslamadan Said ismli oʻgʻli boʻlgan. Said ilk Abbosiylar xalifaligi davrida roviy boʻlgan[2].
Maslamaning vafotidan keyin Ummu Salama birinchi abbosiy xalifasi as-Saffahga (h. 750–754) turmushga chiqqan[1]. As-Saffoh Ummu Salamaga uylangan vaqtda hali xalifa boʻlmagan edi. As-Saffoh Ummu Salamani qattiq yaxshi koʻrgan, boshqa xotinlari orasida hech kimni Ummu Salamadek koʻrmagan. To xalifalikni qabul qilguniga qadar barcha masalalarda xotini bilan maslahatlashgan. As-Saffoh va Ummu Salamaning Muhammad ismli oʻgʻli va Rayta bint as-Saffoh ismli qizi boʻlgan. 761-yilda xalifa al-Mahdiy Xurosondan qaytgach, Raytaga uylangan, Rayta uning birinchi xotini boʻlgan[3]. Shunday qilib, Ummu Salama al-Mahdiyning qaynonasiga aylangan.
754-yilda as-Saffoh vafotidan keyin Ummu Salama abbosiylarning boshqa aʼzosiga turmushga chiqqan boʻlishi mumkin.
Oilasi
tahrirYaʼqub ibn Salamaning qizi Ummu Salamaning xalifa Hishomning oʻgʻli Maslama va birinchi abbosiy xalifasi as-Saffah bilan nikoh orqali qarindoshlik aloqalari boʻlgan[1]. Har ikkalasidan ham farzand koʻrgan. Qizi Rayta abbosiylarning uchinchi xalifasi al-Mahdiyga turmushga chiqqan va Ubaydulloh va Ali ismli oʻgʻillarini dunyoga keltirgan[4].
No. | Oila aʼzolari | Qarindoshligi |
---|---|---|
1 | Yaʼqub ibn Salama | Otasi |
2 | Ayyub ibn Salama | Amakisi |
3 | Saʼid ibn Maslama | Maslama bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan oʻgʻli |
4 | Muhammad ibn Abdulloh as-Saffoh | As-Saffoh bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan oʻgʻli |
5 | Rayta bint Abdulloh as-Saffoh | As-Saffoh bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan qizi |
6 | Al-Mahdiy | Kuyovi |
7 | Ubaydulloh ibn al-Mahdiy | Nevarasi |
8 | Ali ibn al-Mahdiy | Nevarasi |
9 | Al-Abbos ibn Abdulloh as-Saffoh | Oʻz yoki oʻgay oʻgʻli |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Elad 2016.
- ↑ Bosworth 1994.
- ↑ Abbott 1946.
- ↑ Hinds 1991.
Adabiyotlar
tahrir- Elad, Amikam. The Rebellion of Muḥammad al-Nafs al-Zakiyya in 145/762: Ṭālibīs and Early ʿAbbāsīs in Conflict. Leiden: Brill, 2016. ISBN 978-90-04-22989-1.
- Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946. ISBN 978-0-86356-031-6.
- Bosworth, C. Edmund (1994). "Abū Ḥafṣ 'Umar al-Kirmānī and the Rise of the Barmakids". Bulletin of the School of Oriental and African Studies 57 (2): 268–282. doi:10.1017/S0041977X0002485X.