Umra
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Umra — islom anʼanasida kichik haj amali. Umra Qurʼon oyati va Paygʻambar (sav) sunnati bilan sobit bo’lgan amal. Umrani o’n ikki oy bajarish mumkin. Umraning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga Umra amalini bajarishi mumkin. Faqat har bir Umra uchun qayta miyqotga borib, g’usl qilib, ehromni kimga Umra qilayotgan boʻlsa, o’sha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun „Tanʼim“(hazrat Oysha) Masjidi miyqot hisoblanadi.
Ushbu risola umra ibodati haqida bir shingil koʻrsatmalardan iborat boʻlib, uni oʻquvchilarga taqdim etiladi
Birinchi: Umra qilmoqchi boʻlgan odam miykotga yetib kelganidan soʻng, gʻusl qilib, tozalanishi mustaxabdir. Xotin qizlar ham, garchi hayz va nifos qoni koʻrayotgan boʻlsalar-da, gʻusl qilib, tozalanadilar. Biroq, qon toʻxtab, gʻusl qilib poklanmagunlaricha, Kaʼbani tavof qilmaydilar.
Erkak kishi ehrom kiyimlariga tekkizmagan holda, badaniga xushboʻy narsalar surishi mumkin. Agar miykotda gʻusl qilish imkoni boʻlmasa, zarari yoʻqdir. Chunki uning Makkaga yetib kelgach, qulaylik boʻlsa, tavof qilishdan avval gʻusl qilishi, mustaxabdir.
Ikkinchi: Erkak kishi tiqilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) bog'laydi. Erkaklarning oq rangdagi izor va ridoni boshlarini oʻramasdan bogʻlashlari mustaxabdir.
Xotin-qizlar esa, ziynat va shuxrati boʻlmagan oddiy kiyimlarni kiyishi — ehrom bog'lashidir.
Uchunchi: Soʻngra qalbi bilan ibodatga kirishishni niyat qiladi va tili bilan: „labbayka Alloxumma umratan“ (Allohim sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) yoki „Alloxumma labbayka umratan“ (Ilohim, sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) deydi. Agar ehromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshqa shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay qolishdan qoʻrqsa, ehromga kirish paytida „Agar meni biron toʻsiq toʻssa, oʻsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb shart qiladi. Buning dalili Zuboʻa Zubayr qizining aytgan soʻzlaridir. U: „Yo rasulullox, men haj qilmoqchiman, biroq, kasalman“- dedi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: „Haj qil. Biroq, (kasallik) meni qayerda toʻssa, oʻsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb ayt"- dedilar" (Muttafakun alayx).
Ehromni kiyganidan soʻng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: „Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-neʼmata laka val-mulk, la sharika lak“.
U bu talbiya va Allohning zikrini koʻp aytadi va Allohga koʻp duo qiladi. Masjidul-Xaromga yetib kelgach, xuddi boshqa masjidlarda qilganidek, eshikdan oʻng oyogʻi bilan kirib: "Bismillax, vassolatu vassalamu ala rasulillax, aʼuzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Alloxummaf-tax liy abvaba roxmatik (Allohning nomi bilan.. Allohning rasuliga salavot va salomlar boʻlsin. Men Buyuk Allohdan, Uning buyuk yuzi va qadimiy sultonligi bilan (Allohning rahmat dargohidan) quvilgan Shaytondan panoh soʻrayman. Ilohim, men uchun rahmating darvozalarini och!) — deyishi sunnatdir.
Keyin, Kaʼbaga yetib kelguniga qadar talbiya aytish bilan mashg'ul boʻladi.
Toʻrtinchi: Kaʼbaga yetib kelgach talbiya aytishni toʻxtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni oʻng qoʻli bilan silaydi yoki imkoni boʻlsa, oʻpadi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: „Bismillaxi valloxu akbar“ (Allohning ismi bilan va Alloh buyukdir) yoki „Allohu akbar“ (Alloh buyukdir), deydi. Agar oʻpish imkoni boʻlmasa, qoʻli yoki xassasi va shunga oʻxshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini oʻpadi. Agar silash imkoni ham boʻlmasa, qoʻli bilan ishora qiladi va: „Allohu akbar“ (Alloh buyukdir) — deydi. Ishora qilgan narsasini oʻpmaydi. Tavof toʻg'ri-saxix boʻlishi uchun tavof qilayotgan odamning g'usli va tahorati boʻlishi kerak. Chunki tavof ham namoz singari boʻlib, faqat unda gapirishga ruxsat berilgan.
Beshinchi: Tavof qilar ekan, Kaʼba uning chap tarafida boʻlishiga diqqat qilinadi va uni yetti marta tavof qilinadi. Agar oʻng taraf — „ruknul-yamoniy“ga yetib kelinsa, uni oʻng qoʻl bilan silanadi va: „Allohu akbar“ deyiladi. „Ruknul-yamoniy“ni oʻpilmaydi. Agar silash imkoni boʻlmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora ham qilinmaydi va takbir ham aytilmaydi.
Xajarul-asvadga yetib kelingach, yuqorida eslatib oʻtilganidek, uni silanadi, oʻpiladi va takbir aytiladi. Boʻlmasa, unga ishora qilinib, takbir aytiladi.
Erkaklargagina „kudum“ — kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda „raml“ — kichik qadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir..
Bundan tashqari, erkaklarning „kudum“ tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining oʻrtasini oʻng yelkalarining ostiga va ikki tarafini chap yelkalarining ustiga qoʻyishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Allohning zikri va duolarning koʻp aytilishi mustaxabdir. Tavofda oʻqiladigan maxsus duo va maxsus zikr yoʻqdir. Balki, bilgan zikr va duolar oʻqilaveradi. Ikki rukn oʻrtasida: „Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar“ (Robbimiz, bizlarga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan saqla!) duosini har bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Yettinchi shavtni, yuqorida zikr kilinganidek, imkoni boʻlsa Xajarul-asvadni oʻpish yoki silash yoki ishora kilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan soʻng ridoni yopiniladi: elkaga tashlanib, uchlari koʻksida boʻladi.
Oltinchi: Makom (i Ibroxim) orkasida, imkoni boʻlsa, nikki rakaat namoz oʻkiydi. Agar imkoni boʻlmasa, masjidning xar kaysi erida oʻkilsa xam boʻlaveradi. Uning birinchi rakatiga fotixadan soʻngra „Kofiruvn“, ikkinchi rakaatida esa „Ixlos“ suralarini oʻqiladi. Bunday kilish afzaldir. Agar boshqa suralarni oʻkilsa, zarari yoʻk. Ikki rakatni tugatilganidan soʻng, Xajarul-asvad tomon yuriladi va imkoni boʻlsa oʻng koʻl bilan silanadi.
Ettinchi: Keyin Safo (togi) tarafiga borib, uning ustiga chiqiladi yoki turiladi. Chikish afzaldir. Birinchi shavtni boshlashdan avval:
(إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ) «Innas-Sofa val-Marvata min shaʼoirillax» (Safo va Marva (toglari) Alloxning ibodat kilinadigan erlaridir) oyatini oxirigacha oʻkiydi. Exromdagi odamning kiblaga yuzlanib turishi, Alloxga xamdu takbir aytib: (لا إله إلا الله، والله أكبر، لا إله إلا الله وحده لا شريك له، له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير. لا إله إلا الله وحده، أنجز وعده، ونصر عبده، وهزم الأحزاب وحده)
„La ilaxa illallox. Valloxu akbar, la ilaxa illalloxu vaxdaxu la sharika lax, laxul-mulku va laxul-xamd va xuva ala kulli shayʼin kodiyr. La ilaxa illalloxu vaxdax, anjaza vaʼdax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax“ (Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir va Allox buyukdir! Sheriksiz yolgiz Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga kodirdir. Yolgiz Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir. U vaʼdasiga vafo kildi, bandasiga yordam berdi va oʻzi guruxlarni maglub kildi), deb koʻllarini koʻtarib duo qiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi.
Keyin, Marva togi tomon yuriladi va birinchi belgiga etib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga etgunga kadar yugurib chopadilar. Xotin-kizlarning yugurishlari shariatda koʻrsatilmagan. Chunki xotin-kizlar avratdir. Soʻngra davom etib, Marva togiga chiqiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri oʻtgan oyatni oʻkilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togidagina oʻqiladi, xolos. Keyin togdan tushib, Safo togiga etib borilguniga kadar sekin yuriladigan erda sekin, yuguriladigan erda yuguriladi. Etti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, kaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj boʻlsa, biron narsani minib yursa, zarari yoʻk. Yurish asnosida koʻp zikr va duolar kilish mustaxabdir. Bu yurishda xam guslli va taxoratli boʻlish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yoʻk.
Sakkizinchi: Agar yurish-saʼy nixoyasiga etsa, erkaklar sochlarini kirishlari yoki kiskartishlari zarur. Kirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yakin boʻlsa, sochlarni kiskartish afzaldir. Chunki sochning qolgan kismini xaj mavsumida kirib tashlanishi mumkin. Xotin-kizlar esa, sochlarini toʻplab uning uchidan bir barmok boʻgimicha yoki undan ozrok kirkishlari etarlidir.
Exrom boglagan odam yukorida zikri oʻtgan amallarni kilsa, umra ibodati tugaydi valxamdu lillax va unga ehrom boglashi bilan harom boʻlgan barcha narsa xalol boʻladi.
Allox taʼolo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida fakix va sobitkadam boʻlishga muvaffak kilsin xamda barchadan ibodatlarini kabul etsin. Darxakikat, U saxovatli karim zotdir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |