Umrzoq (1887-yil - 1954-yil) — margʻilonlik yogʻoch oʻymakori. Qoʻqon va Margʻilon oʻymakorlarining anʼanalarini rivojlantirdi. Oʻyma bezakli eshik, darvoza va boshqa meʼmoriy qurilmalar ustasi sifatida shuhrat qozondi, „ustoi xudrod“ („mustaqil ishlovchi usta“) laqabini olgan. U loʻla pardoz uslu-bida yogʻochga naqshlar solgan, ilk bor yogʻoch oʻymakorligida qora lok bilan ish-lashni qoʻllagan. A.ning ayrim asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va respublika Amaliy sanʼat muzeyida saqlanmoqda.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil