Unitar korxona — mulk egasi tomonidan oʻziga berkitib berilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti ko'rinishidagi davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralari korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga koʻra, davlat hokimiyati organi yoki mahalliy boshqaruv tomonidan tashkil etiladigan xo'jalik yuritish huquqiga asoslangan Unitar korxona va operativ boshqarish huquqiga asoslangan davlat mulki bulgan Unitar korxonalar bor. Unitar korxona oʻz majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin mol-mulk egasi majburiyatlari bo'yicha javobgar emas. Oʻzbekiston Respublikasida 90-yillar oxirida sanoat, transport tarmoqlarida Unitar korxonalar tashkil topa boshladi (masalan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi 2000-yil 25 maydan Unitar korxona maqomida faoliyat ko'rsatadi).