United Airlines
United Airlines — Amerika aviakompaniyasi, Qoʻshma Shtatlardagi va dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan biri. 2010-yil 1-oktyabrda rasman yakunlangan va Continental Airlines bilan birlashgandan soʻng United Airlines dunyodagi eng yirik aviatashuvchiga aylandi[1]. Aviakompaniyasi, shuningdek, Star Alliance asoschilaridan biri. Mintaqaviy xizmat United Express savdo belgisi ostida mustaqil tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Tarix
tahrirAviakompaniya 1926-yilda „Boing Air Transport“ nomi bilan tashkil etilgan. United Airlines aviakompaniyasi yoʻlovchilarga tijorat reyslarida ovqatlanishni taklif qilgan birinchi aviakompaniya boʻldi, buning uchun ham dunyoda birinchi marta oʻz samolyotida styuardessa lavozimini joriy qildi. Birinchi styuardessa Ellen Cherch edi.
Aviakompaniya, shuningdek, samolyoti terakt qurboni boʻlgan dunyoda birinchi boʻldi. 1933-yil 11-oktyabrda Boeing 247 samolyoti havoda portladi va Indiana shtatiga quladi. Samolyot bortidagi 7 kishining barchasi halok bo‘lgan. Tergov shuni aniqladiki, halokat samolyot bagajida bo‘lgan bomba oqibati bo‘lgan. Hodisa sabablari va aybdorlari aniqlanmagan.
Shuni etib o‘tish kerakki, 2018-yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, aviakompaniya 86 ming kishini ish bilan taʼminlagan va 757 ta samolyotdan foydalanilgan[2][3]. Shuningdek, United Airlines Osiyo-tinch okeani mintaqasida keng ishtirok etadigan yirik ichki va xalqaro marshrutlar tarmog'ini boshqaradi.
Flot
tahrir2021-yil iyul oyida United Airlines floti quyidagi samolyotlardan iborat edi:[4][5]
Samolyot | Ishda | Buyurtma qilingan | C-biznes klassi, W-premium iqtisod klassi, Y-iqtisod klassi |
---|---|---|---|
Airbus A319-100 | 94 | 11 | C12Y114 |
Airbus A320 | 96 | — | C12Y138 |
Boeing 737-700 | 53 | 7 | C12Y114 |
Boeing 737-800 | 141 | — | C16 Y150 |
Boeing 737 MAX 10 | — | 11 | |
Boeing 757-200 | 40 | — | C16Y153 |
Boeing 757-300 | 21 | — | C24Y189 |
Boeing 767-300 | 38 | C30Y184
C46W22Y99 | |
Boeing 767-400 | 16 | — | C39Y203 |
Boeing 777-200 | 74 | — | C50W24Y202, C28Y336, F8C40Y221, C32Y330, C50Y217, C28Y336 |
Boeing 777-300ER | 22 | — | C60W24Y266 |
Boeing 787-8 Dreamliner | 12 | — | C28W21Y194 |
Boeing 787-9 | 38 | — | C48Y204, C48W21Y188 |
Boeing 787-10 | 21 | --- | C44W21Y253 |
Jami | 862 | 29 | Oʻrtacha yoshi 16,4 yil |
Mileage Plus
tahrirMileage Plus — United Airlines kompaniyasining 1981-yildan beri mavjud boʻlgan joriy bonus dasturi. Bu Advantage dasturidan bir hafta oʻtib ishga tushirilgan dunyodagi ikkinchi dastur.
Manbalar
tahrir- ↑ „United Airlines становится крупнейшим в мире авиаперевозчиком“. 2013-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Из самолета United силой выволокли пассажира. Теперь ее все ненавидят: Авиакомпания хотела посадить на освободившееся место своего сотрудника — Meduza“ (ru). Meduza. 2017-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
- ↑ „Скандал на борту United Airlines: пассажира силой сняли с рейса“ (en). BBC Русская служба (2017-yil 11-aprel). 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
- ↑ „United Airlines потеряла более $600 млн после инцидента с пассажиром“. 2017-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
- ↑ „United Airlines Fleet Details and History“. www.planespotters.net. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.