Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi
Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAU) oliy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat tashkilotdir. U 130 ga yaqin davlatdagi 650 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlarini oʻz ichiga oladi.[1] IAU YUNESKOning rasmiy hamkori hisoblanadi.[2] IAU kotibiyati Parijda, YUNESKO shtab-kvartirasida joylashgan.
Tarixi
tahrirUniversitetlar xalqaro assotsiatsiyasi1950-yil 9-dekabrda Nitssa shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro universitetlar konferensiyasida YUNESKO shafeligida tashkil etilgan. Uning maqsadi butun dunyo boʻylab oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish edi va shunday boʻlib qoladi.
Boshqaruv
tahrirUniversitetlar xalqaro assotsiatsiyasning boshqaruv organlari Bosh assambleya va boshqaruv kengashi hisoblanadi. Kotibiyat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilingan strategiyani amalga oshiradi.
Aʼzolar
tahrir2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Xalqaro Universitetlar Assotsiatsiyasi dunyoning 130 ga yaqin davlatida 600 dan ortiq aʼzolarni (muassasalar, tashkilotlar, filiallar va assotsiatsiyalar) oʻz ichiga oladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „IAU - International Association of Universities - Building a Worldwide Higher Education Community“. iau-aiu.net.
- ↑ „International Association Of Universities“. UNESCO (6-oktabr 2016-yil).
Havolalar
tahrir- Veb-sayt
- Jahon oliy taʼlim maʼlumotlar bazasi
- Oliy taʼlim boʻyicha xalqaro bibliografik maʼlumotlar bazasi
- Barqaror rivojlanish uchun oliy taʼlim va tadqiqotlarni ilgari surish uchun IAU Global portali (Wayback Machine saytida 29-sentabr 2020-yil sanasida arxivlangan)
- Afrikada doktorlik taʼlimiga innovatsion yondashuvlarni targʻib qilish uchun IAU portali (Wayback Machine saytida 27-may 2022-yil sanasida arxivlangan)