Oslo universiteti
Oslo universiteti (norvegcha Universitetet i Oslo, lotincha Universitas Osloensis) – Norvegiyada 1811-yilda tashkil etilgan birinchi universitet. Oslo universiteti Norvegiyadagi eng qadimgi universitet boʻlib, mamlakatning yetakchi universiteti hisoblanadi. Skandinaviya mamlakatlaridagi va dunyodagi eng yuqori reytingga ega yuzlab universitetlardan biri hisoblanadi[1]. Universitetning asl neoklassik kampusi Oslo markazida joylashgan va u bino hozirda huquq fakulteti binosidir. Ilohiyot, yurisprudensiya, tibbiyot, tarix, falsafa, matematika, tabiiy fanlar, stomatologiya, ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tarkibida bir qancha institut mavjud. Kutubxonasida ikki milliondan ortiq kitoblar saqlanadi. Universitetda oʻttiz ikki mingdan ortiq talaba taʼlim oladi va mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi[2].
Xalqaro nomi |
University of Oslo |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1811 |
Rektori | Geir Ellingsrud |
Talabalari | 32 000 |
Manzili |
1072, Blindern 0316 Oslo |
Veb-sayti | uio.no |
Tarixi
tahrirOslo universiteti Daniya va Norvegiya qiroli Frederik VI sharafiga nomlangan va hozirgi nomini 1939-yilda olgan. Oslo universiteti 1946-yilda Bergen universiteti tashkil etilgunga qadar Norvegiyadagi yagona universitet edi. Unda taxminan 27,700 talaba bor va 6,000 ga yaqin kishi ishlardi[3].
Muhri
tahrirOslo universiteti muhri Apollon lira bilan tasvirlangan va muhr 1835-yilda yaratilgan. Muhr bir necha marta qayta ishlanib, oxirgi marta 2009-yilda ishlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Inne på topp 100 i rangering av 21.000 universiteter“. Khrono. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „About Oslo“ (en-US). European Union – Health Education and Management (EU–HEM). 2015-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Oslo universiteti haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayt (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |