Uno (karta oʻyini)

karta o'yini
(Unodan yoʻnaltirildi)

Uno (italyancha – "bir", UNO sifatida stilize qilingan) – qarta oʻyini; dastlab 1971-yilda Cincinnati yaqinidagi Reading shahrida sartarosh Merle Robbins tomonidan ishlab chiqilgan. 1992-yilda Mattel kompaniyasi oʻyin brendi va huquqlarini sotib oladi[2]. Uno oʻyini koʻp jihatdan Germaniyaning anʼanaviy „mau-mau“ oʻyiniga asoslangan, ammo baʼzi qoʻshimcha kartalar toʻplami bilan farq qiladi. Oʻyinning minimum davomiyligi 10 daqiqadan boshlanib, kamida 2 ta oʻyinchi boʻlishi lozim. Bundan tashqari, oʻyinning Uno Kids va boshqa versiyalari mavjud.

Dizayner Merle Robbins
Nashriyot Mattel kompaniyasi
Chiqarilgan sanasi 1971-yil
Oʻyinchilar 2-10
Koʻnikmalar taktika, kuzatuvchanlik
Yosh oralig'i 7+
Kartalar 112[1]
Oʻyin vaqti min. 10 minut


Tarixi

tahrir
 
UNO logotipi (1992-2010)
 
UNO logotipi (2010-2016)

Oʻyin dastlab 1971-yilda Cincinnati chekkasida joylashgan Ogayo shtatining Reading shahrida Merle Robbins tomonidan ishlab chiqilgan. Uning oilasi va doʻstlari oʻyinga yanada qiziqib boshlagandan soʻng, Merle oilasi bilan birgalikda oʻyinning 5000 nusxasini chop etish maqsadida uyini 8000 dollar evaziga garovga qoʻyishiga toʻgʻri keladi[3]. Merle oʻyinni dastlab sartaroshxonalarda sotib boshlaydi, keyinroq esa mahalliy korxonalar ham uni sotib olishga qiziqish bildiradi. Keyinchalik Robbins oʻyini mualliflik huquqlarini Illinoys shtatining Joliet shahrida yashovchi Robert Tezak va uning doʻstlariga 50 000 dollar evaziga hamda bir oʻyin qutisini 10 sentdan sotadi. Robert Tezak Unoni sotish uchun International Games, Inc.ni tashkil etdi, oʻyinlar Illinoys shtatining Maywood shahridagi Saltzman Printers kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarila boshlagan. 1992-yilda International Games kompaniyasi Mattel kompaniyasi tarkibiga kiritiladi[4].


Qoidalar

tahrir
 
Uno cards
 
UNO Kartlari
 
Uno kartalar toʻplami

Oʻyin jami 112 ta kartadan iborat; toʻrt xil rangli (qizil, sariq, yashil, koʻk) toʻplamlarning har birida 25 tadan: bitta noldan, ikkitadan 1 dan 9 gacha raqamlar hamda ikkitadan „Oʻtkazib yuborish“ („Skip“), „Ikkita koʻtarish“ („Draw Two“) va „Teskari“ („Reverse“). Bundan tashqari, toʻplamda toʻrtta „Yovvoyi“ („Wild“) – rang oʻzgartira oladigan, toʻrtta „Yovvoyi: toʻrtta koʻtarish“ („Wild Draw Four“) va bitta „Yovvoyi: armashtiruvchi karta“ („Wild Shuffle Hands“) va uchta „Yovvoyi: moslashtirilgan karta“ („Customizable Wild card“) kartalarini oʻz ichiga oladi [1]. 2018-yilgacha ishlab chiqarilgan toʻplamlarda soʻnggi ikki turdagi „Yovvoyi“ („Wild“) kartalari mavjud emas va oʻyin jami 108ta kartani tashkil qiladi. Diler har bir oʻyinchiga yettitadan karta tarqatadi va ortib qolgan kartalar (bank)ning eng birinchisida turgan karta olib oʻyinni boshlaydi. Oʻyin soat strelkasi boʻyicha davom etadi, oʻz navbatida oʻyinchilar quyidagilardan birini bajarishi kerak:

  • rang, raqam yoki belgi boʻyicha bitta karta tashlanishi;
  • agar ruxsat berilsa „Yovvoyi: toʻrtta koʻtarish“ kartasi;
  • bankdan eng birinchi kartani koʻtarish va agar mos tushsa, ixtiyoriy ravishda u kartani oʻynash.


"Yovvoyi" ("Wild") kartalar vazifasi

tahrir
Karta Vazifasi Birinchi oʻyin boshlanganda
Oʻtkazib yuborish („Skip“) Keyingi oʻyinchi navbatini oʻtkazib yuboradi Diler chap tomonidagi oʻyinchi navbatni oʻtkazib yuboradi
Teskari („Reverse“) Oʻyin tartibi yoʻnalishini oʻzgartiradi (soat miliga qarshi yoki aksincha) Diler birinchi boʻlib oʻynaydi; oʻyin soat miliga teskari yoʻnalishda davom etadi
+2 (Draw +2) Keyingi oʻyinchi ketma-ket ikkita kartani koʻtaradi va navbatini oʻtkazib yuboradi Dilerning chap tomonidagi oʻyinchi ikkita kartani koʻtaradi va navbatini oʻtkazib yuboradi
Rang tanlash (Wild) Oʻyinchi keyingi rangni tanlaydi (oʻyinchida mos rangli karta boʻlsa ham, oʻzining istalgan navbatida undan foydalanish mumkin) Dilerning chap tomonidagi oʻyinchi birinchi mos keladigan rangni eʼlon qiladi va oʻyinni boshlaydi
+4 („Wild Draw +4“) Oʻyinchi mos keladigan keyingi rangni eʼlon qiladi; Navbatdagi oʻyinchi toʻrtta karta koʻtaradi va oʻz navbatini oʻtkazib yuboradi. (Oʻyinchi faqatgina mos rangdagi karta boʻlmasagina, bu kartadan foydalana oladi) Karta bankka qaytariladi va yangi karta olinadi
  • Bankdan karta olgan oʻyinchi darhol oʻsha kartani oʻynashi yoki uni keyinga qoldirishni tanlashi kerak. Bu paytda bankdan olgan kartasidan boshqa qoʻlidagi kartalarni oʻynay olmaydi.
  • Wild kartani xohlagan navbatda oʻynash mumkin, hatto u oʻyinchida joriy rang, raqam yoki belgiga mos keladigan kartalar boʻlsa ham.
  • +4 („Wild Draw +4“) kartasi faqatgina oʻyinchida joriy rangga mos keladigan hech qanday karta qolmasagina oʻynalishi mumkin. Oʻyinchi joriy raqam, belgi yoki Wild kartaga mos keladigan boshqa rangdagi kartalarga ega boʻlishi va Wild Draw Four kartasini oʻynashi mumkin. *Yovvoyi durang toʻrtligida oʻynagan oʻyinchiga qoʻli bu shartga javob berishini isbotlash uchun ketma-ket navbatdagi oʻyinchi (penaltilarga qarang) eʼtiroz bildirishi mumkin. Noqonuniy ravishda oʻynalgan Wild Draw Four kartasi, agar eʼtiroz bildirilmasa, foydalanuvchi uchun jarimaga tortilmaydi.
  • Rang tanlash (Wild) yoki +4 kartasidan foydalangan oʻyinchi yangi mos rangni eʼlon qilishi kerak va agar xohlasa, joriy rangni eʼlon qilishi ham mumkin.
  • Agar oʻyin davomida bankda karta qolmasa, oxirgi tashlangan kartagacha boʻlgan barcha kartalar teskari qilib aralashtirilib qoʻyiladi va oʻyin odatdagidek davom etadi.
  • Istalgan vaqtda istalgan boshqa oʻyinchi bilan har qanday turdagi kartalarni almashtirish noqonuniy hisoblanadi.
  • Oʻyinchi oxiridan bitta oldingi kartasini tashagan zahoti boshqa oʻyinchilarga "Uno" deb aytib ogohlantirishi shart, yoʻqsa +2 qoʻshimcha karta jarimas sifatida koʻtaradi.


Gʻolib

tahrir

Oʻyin gʻolibini aniqlashning quyidagi 2 usuli mavjud:

1. Oʻyinchilar oʻz kartalarining qiymatini hisoblab chiqadilar va bu summa har bir oʻyinchining hisobiga yozib boriladi. Oʻyin oʻyinchilardan biri 500 ball (yoki oʻyinchilarning ixtiyoriga koʻra boshqa har qanday miqdor) yigʻmagunga qadar davom etadi. Eng kam ball toʻplagan oʻyinchi gʻolib boʻladi.

  • Raqamli kartalar – kartadagi qiymati boʻyicha qiymat;
  • Belgili kartalar („Wild“ tashqari) – 20 ball;
  • "Wild" kartalar – 50 ball;
  • Agar raund oxirida oʻyinchining qoʻlida faqat bitta 0 karta qolsa, uning qiymati 100 ballga teng boʻladi.


2. Boshqa oʻyinchilarda hali oʻyinni davom ettirish uchun yetarlicha karta mavjud boʻlgan paytda kimning qoʻlida birinchi boʻlib kartalar tugasa, oʻsha ishtirokchi ochkosi qolganlarning kartasi boʻyicha hisoblanadi. Birinchi boʻlib 500 ball toʻplagan oʻyinchi oʻyin gʻolibiga aylanadi. * Raqamli kartalar – oʻz qiymati boʻyicha;

  • Belgili kartalar – 20 ball;
  • "Yovvoyi" („Wild“) va „+4“ („Wild Draw +4“) kartalar – 50 balldan;
  • Agar oʻyin „+2“ („Draw +2“) yoki „+4“ („Wild Draw +4“) kartalari bilan tugatilsa, keyingi oʻyinchining ochkolari bankdan belgilangan miqdordagi olingan kartalari bilan birgalikda hisoblanadi.


Jarima (Penalti)lar

tahrir
  • Agar ishtirokchi qoʻlida oxirgi kartasi qolishi bilanoq „Uno“ demasa va keyingi ishtirokchi oʻyinni davom ettirsa (masalan, mos karta tashlasa yoki bankdan qoʻshimcha karta olsa), jarima sifatida ikkita qoʻshimcha karta koʻtarishi shart. Agar oʻyinchining bu harakatini hech kim oʻz vaqtida sezmasa yoki uning oʻzi kech boʻlsa ham eslab „UNO“ desa, bu oʻyinchiga hech qanday jazo berilmaydi.
  • Agar oʻyinchida oldingi kartaga mos tushadigan karta boʻla turib „+4“ (Wild Draw +4) kartasini oʻynasa, keyingi oʻyinchi undan foydalanishga eʼtiroz bildirishi mumkin. Sababi, bu turdagi kartadan foydalanish uchun mos turdagi karta boʻlmasligi lozim, aks holda, ishtirokchi oltita karta koʻtarishi kerak: „+4“ kartasi uchun va +2 jarima sifatida, bundan tashqari, u oʻz navbatini oʻtkazib yuboradi. Agar rostan ham mos karta boʻlmasa, keyingi oʻyinchi +4 karta koʻtaradi va navbtini oʻtkazib yuboradi. Ikkala holatda ham, „+4“ karta tashlagan oʻyinchi yangi rang tanlash huquqiga ega.


Ikki kishilik oʻyin

tahrir

Ikki kishilik oʻyinda „Teskari“ („Reverse“) kartasi „Oʻtkazib yuborish“ („Skip“) kartasi bilan birdek boʻladi: ikkinchi oʻyinchi bir navbat oʻtkazib yuboradi.


Yangi kartalar

tahrir
  • „Wild Shuffle Hands“ (Rang tanlash va barcha oʻyinchilar kartasini yigʻish): Ushbu kartadan foydalanadigan oʻyinchi barcha oʻyinchilarning kartasini yigʻadi, aralashtiradi va qayta taqsimlaydi;
  • „Wild Customizable“ (Moslashiruvchi kartalar): Bu turdagi kartalar boʻsh va ularga istalgn turdagi shartlar yozislishi mumkin.

Bu kartalar har qanday navbatda oʻynalishi mumkin va oʻyin yakunida + 40 ball beriladi.


Karta va toʻplam uslublari

tahrir
 
1994-yilgi Uno kartalari toʻplami. Bu toʻplam eski karta dizayniga asoslanib yaratilgan va belgilar oʻrniga harakat soʻzlarining ilk harflari yozilgan.

Oʻyinning boshqa versiyalarida eski yoki yangi dizayndagi belgilar va tasvirlar, jumladan, „Wild“ soʻzi ham Wild („Yovvoyi“) kartalarida mavjud emas.

2010-yilgi „Uno Mod“ versiyasida harflar yoki raqamlar oʻrniga belgilardan foydalaniladi.

2017-yil 16-sentabr sanasida Mattel kompaniyasi rang ajrata olmaydigan bemorlar uchun maxsus "Uno ColorAdd" toʻplamini ishlab chiqiradi[5].

2019-yil 1-oktabr kuni Mattel Koʻzi ojizlar milliy Federatsiyasi Prezidenti Mark Riccobono bilan hamkorlikda oʻyinning Brayl alifbosidagi versiyasini chiqaradi. Riccobono oʻz press-relizida shunday dedi: "Endilikda koʻzi ojiz odam oʻzi singari odam bilan yoki sogʻ oila aʼzolari va doʻslari bilan „UNO“ oʻyinini oʻynay olishi jamiyatimiz uchun chinakam baxt!"[6][7].

Maxsus Uno oʻyinlari

tahrir
  • Uno 50 yillik yubileyi (2021)
  • Uno Wild Twists (2022)
  • Uno All Wild (2022)
  • Uno Attack (Uno Extreme in the UK and Canada) (1999)
  • Uno Attack Jurassic World (2018)
  • Uno Attack Refill Deck (2005)
  • Uno Bingo (1997)
  • Uno Blast (2012)
  • Uno Blitzo (2000)
  • Uno Choo-Choo (2011)
  • Uno Color Screen
  • Uno Deluxe (2022)
  • Uno Dare (2014)
  • Uno Dice (1987, 1996, 2011)
  • Uno Dominoes (1986)
  • Electronic Uno (2020)
  • Uno Flash (2007)
  • Uno Flex! (2023)
  • Uno Flip (2009) (Target Store Exclusive)
  • Uno Flip! (2019)
  • Get Wild for Uno (2016)
  • Giant Uno (2016)
  • Giant BTS Uno (2020)
  • Uno Go! (2022)
  • Uno H2O (2004)
  • Uno H2O To Go
  • Uno Hearts (1994)
  • Uno Junior (1992)
  • King Size Uno (1994)
  • Uno Lightyear (2021)
  • Uno Madness (1995)
  • Uno Minecraft (2018)
  • Uno Moo (2008, 2014)
  • Uno No Mercy (2023)
  • Uno Party! (2022)
  • Uno Power Grab (2012)
  • Uno Remix (2022)
  • Uno Reflex (2010)
  • Uno Roboto (2010)
  • Uno Royal Revenge (2014)
  • Uno Rummy Up (1993)
  • Uno Showdown Supercharged (2020)
  • Uno: Show 'em No Mercy (2023)
  • Uno Spin (2005)
  • Uno Spin Hannah Montana (2005)
  • Uno Spin One Piece (Japan)
  • Uno Spin To Go (2010)
  • Uno Stacko (1994)
  • Travel Uno Stacko
  • Uno Tippo (2009)
  • Uno Tiki Twist (2014)
  • Uno Triple Play (2021)
  • Uno Wild Jackpot (2016)
  • Uno Wild Tiles (1982)

Videooʻyinlar

tahrir

Uno: The Game Show (Uno: Oʻyinlar shousi)

tahrir

2013-yil mart oyida Mattel va Gurin kompaniyasi Uno oʻyiniga asoslangan har kuni yarim soat boʻlib oʻtadigan televiktorina-koʻrsatuvi ustida ishlayotganligi haqida eʼlon qiladi[12]. Unda yutuq sifatida 100 000 dollarlik naqd pul sovrini oʻynalishi, shuningdek, ishtirokchilar 1 million dollarlik yutuq uchun bellashadigan prime-time versiyasi ham boʻlishi haqida aytib oʻtadi. Biroq, keyinchalik bu loyiha gʻoyasi bekor qilindi[13].


Oʻxshash oʻyinlar

tahrir

Uno karta oʻyini "shedding" (inglizcha.), yaʼni boshqa oʻyinchilar qoʻlida kartalarini qolmay qolishidan oldin oʻzida birorta ham karta qolmasligi oʻyinning maqsad hisoblanadi.

  • Crazy Eights
    • Black Jack (Switch)
    • Switch (card game)
  • Eleusis
  • Last Card
  • Macau
  • Mao
  • Mau Mau (game)
  • OʻNO 99
  • One Card (game)
  • Phase 10
  • SKIP-BO
  • Taki
  • Whot!

Reyting

tahrir

Games jurnali „Uno“ni "1980-yilning eng yaxshi 100 ta oʻyini" roʻyxatiga kiritib, oʻyin haqida quyidagicha izoh yozadi: "Oʻyin „Crazy Eights“ oʻyini bilan juda oʻxshash, lekin ancha yaxshi va oʻrganish sodda tuzilgan"[14]. 2 yildan soʻng, Uno "1982-yilning eng yaxshi 100 ta oʻyini" roʻyxatiga kiradi va „Uning mashhurligi uning strategiyasidan emas, balki soddaligidandir“ va „Oʻyin baholash tizimi biroz gʻalati“ deya izoh qoldirishadi[15].

Sharhlar

tahrir
  • Family Games: The 100 Best[16]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Uno Instructions, 2018“. Mattel Service (2018-yil 30-avgust). Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  2. „Mattel to buy International Games“. UPI (1992-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
  3. „Uno History“. UNO Rules.
  4. „30 Anniversary Rule Book“. Mattel Service (2005-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 9-fevral.
  5. Jacobson, Candice; Lussier, Muriel „UNO® Introduces The First Card Game For The Colorblind“. Mattel News (2017-yil 6-sentyabr). 2017-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-oktyabr.
  6. Capron, Maddie; Zdanowicz, Christina „Mattel releases a braille version of UNO“. CNN (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 2-oktyabr.
  7. Tucker, Devin; Hein, Joanna; Cascone, Stephanie „UNO® Introduces First Official Braille Deck“. businesswire.com. Business Wire (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 2-oktyabr.
  8. „Nintendo Life – Uno WiiWare review“. Nintendo Life (2009-yil noyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-mart.
  9. „Buy Uno“. Microsoft Store.
  10. „Buy UNO ™ & Friends“. Microsoft Store.
  11. „UNO Now Available On Nintendo Switch“. Gamasutra (2017-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  12. Lyons, Margaret „Who Doesn't Want an UNO TV Show?“. Vulture (2013-yil 26-mart). Qaraldi: 2013-yil 26-mart.
  13. IGT „UNO Video Slots“. IGT Products. 2004-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
  14. „Top 100 Games of 1980“. Games. № 20. November–December 1980. 58-bet.
  15. Schmittberger, R. Wayne, muh. (November 1982). „The Top 100 Games 1982“. Games. № 33. 52-bet.
  16. Lowder, James. Family games : The 100 best. Green Ronin, January 4, 2024. ISBN 978-1-934547-21-2.