Unsiya (lotincha uncia — un...) —1) oltin va boshqa nodir qimmatbaho metallarning asosiy vazn birligi (troyya yoki tanga U.si) = 31,1035 g; 2) ing. ulchov tizimida massa birligi. 1 U.= 16 draxma = 437,5 gran=28,35 g; 3) dorixonada ishlatiladigan ogʻirlik birligi, hozirgi vaqtda qoʻllanilmaydi; 4) suyuqlik U.si hajm (sigʻim) birligi. AQShda 29,57 sm³ (1/128 gallon), Buyuk Britaniyada — 28,41 sm³.