Urbanizm (lotincha: „urbs“ — shahar) — 1) sanʼat va adabiyotda — yirik shaharlarning va shahar hayotining tasviri, tavsifi;

2) meʼmorlikda — XX asr shaharsozligida yuzaga kelgan oqim, yoʻnalish. Bu oqim tarafdorlari shaharlarni yiriklashtirishga chaqirdilar: bu esa shaharlarda koʻp qavatli baland va katta imoratlarning tigʻiz, jadal qurilishiga, aholining normal yashash sharoitidan mahrum qilishga olib keldi. Urbanizm nazariyasi qaror topishida va, ayniqsa, XX asrning 20-yillariga kelib tez surʼatda rivojlanishiga Le Korbyuzye faoliyati taʼsiri kuchli boʻldi. Urbanizm tushunchasi koʻpincha shahar qurilishi sinonimi maʼnosida ham qoʻllanadi.