Urchuq kaltakesaklar
Urchuq kaltakesaklar (Anguidae) — kaltakesaklar turkumi. Koʻrinishi kaltakesaklarga yoki ilonlarga uxshash oyoqsiz. Uzunligi 1,2 m gacha (sariq ilon). Tili kalta, ayri. Qovoklari harakatchan. 60 ga yaqin turi bor. Koʻpchiligi Markaziy Amerikada yashaydi. Urchuq kaltakesak va sovutli urchuq kaltakesaklar (7 tur) Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Yer yuzasida, kupincha inda yashaydi. Oʻzbekiston hududida Urchuq kaltakesaklardan sariq ilon koʻp uchraydi. Mollyuskalar, yomgʻir chuvalchanglari, hasharotlar bilan oziqlanadi. Tuxumdan tirik tugʻadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |