Uretanlar
Uretanlar (frans. urethane, lot. urea— mochevina va ether — efir), karbamatlar — karbamin kislota efirlari. Umumiy formulasi NH2COOR (bu yerda R — metil, etil yoki b. organik radikal); rangsiz kristall moddalar: meti l u retan (suyuqlanish temperaturasi 52°, kaynash temperaturasi 177°), etiluretan (suyuqlanish temperaturasi 49°, kaynash temperaturasi 184°). Organik erituvchilarda erimaydi, suvda yaxshi eriydi. Ishkrrlar va konsentrlangan kislotalar taʼsirida parchalanadi. Ammiak bilan mochevina hosil qiladi. Poliuretanlar sintezida, gerbitsid va insektitsid sifatida qoʻllanadi; baʼzi U. (mas, etiluretan) — tinchlantiruvchi va uxlatuvchi modda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |