Uretrosele – ayollar siydik yoʻlining qinga tushishi. Uretrani ushlab turadigan toʻqimalarning zaiflashishi uning qinga chiqishiga olib keladi[1][2]. Uretroselelar koʻpincha sistosele (siydik pufagining qinga tushishi) bilan birgalikda kelib chiqadi[3]. Bunday holda, sistouretrosele atamasi ishlatiladi[4][5].

Belgilari

tahrir

Koʻpincha uretrosele belgilarsiz yuzaga keladi[1]. Baʼzan, stress, siydik chiqarish chastotasining oshishi va siydik tutilishi (qovuqni boʻshatishda qiyinchilik) kabi belgilar bilan birga kelishi mumkin[1]. Jinsiy aloqa paytida ogʻriq ham yuzaga kelishi mumkin.

Asoratlari

tahrir

Agar uretrosele siydik chiqarishda qiyinchilik tugʻdirsa, bu sistitga olib keladi.

Sabablari

tahrir

Uretroselelar chanoq boʻshligʻini tutib turuvchi tuzilmalarining shikastlanishi natijasida paydo boʻladi. Bundan tashqari, ginekologik saratonni davolashdan keyin ham paydo boʻlishi mumkin[6]. Uretrosele koʻpincha tugʻruqdan keyin kelib chiqadi, chaqaloqning qin orqali harakatlanishi atrofdagi toʻqimalarga zarar yetkazadi. Hali farzand koʻrmagan ayollarda paydo boʻlganda, ular chanoq boʻshligʻi toʻqimalarining tugʻma zaifligi natijasi boʻlishi mumkin[7].

Davolash

tahrir

Uretroseleni jarrohlik yoʻli bilan davolash mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Curtis. „Urethrocele (urethral prolapse)“. WebMD (2007-yil 27-may). Qaraldi: 2007-yil 10-noyabr.
  2. Ostrzenski, Adam. Gynecology: Integrating Conventional, Complementary, and Natural Alternative Therapy. Lippincott Williams & Wilkins, 2001 — 333-bet. ISBN 978-0-7817-2761-7. 
  3. Rhodes. „Repair of bladder prolapse (cystocele) or urethra prolapse (urethrocele)“. WebMD (2006-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2007-yil 10-noyabr.
  4. Drife, James O.. Clinical Obstetrics and Gynaecology. Elsevier Health Sciences, 2004 — 240-bet. ISBN 978-0-7020-1775-9. [sayt ishlamaydi]
  5. „Cystoceles, Urethroceles, Enteroceles, and Rectoceles - Gynecology and Obstetrics - Merck Manuals Professional Edition“ (en-US). Merck Manuals Professional Edition. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  6. Ramaseshan, Aparna S.; Felton, Jessica; Roque, Dana; Rao, Gautam; Shipper, Andrea G.; Sanses, Tatiana V. D. (2017-09-19). "Pelvic floor disorders in women with gynecologic malignancies: a systematic review" (en). International Urogynecology Journal 29 (4): 459–476. doi:10.1007/s00192-017-3467-4. ISSN 0937-3462. PMID 28929201. PMC 7329191. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7329191. 
  7. DeCherney, Alan H.. Current Obstetric & Gynecologic Diagnosis & Treatment. McGraw-Hill Professional, 2003 — 777-bet. ISBN 978-0-8385-1401-6.