Chomanov Urishbay Chomanovich – oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi sohasidagi sovet va qozoq olimi, texnika fanlari doktori (1991), professor (1992), Qozogʻiston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi akademigi (2003).

Urishbay Chomanov
Tavalludi 1948-yil 2-yanvar
Sho‘ralisoy qishlog‘i, Toshkent viloyati
Istiqomat joylari Toshkent, Qozogʻiston, SSSR
Sohasi oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi

Biografiyasi

tahrir

Urishbay Chomanov 1948-yil 2-yanvar sanasida Toshkent viloyati, Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻilgan.

1971-yilda Chimkent shahrida joylashgan Qozog‘iston kimyo-texnologiya institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1971—1975-yillar otaligʻida Jambul yengil va oziq-ovqat sanoati texnologik institutida dars bergan.

1976-yilda Moskva goʻsht va sut sanoati texnologik instituti qoshidagi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashning elektrofizik usullari muammoli tadqiqot laboratoriyasining aspiranturasiga oʻqishga kirgan. 1979-yilda „Gigroskopik xususiyatlarni tadqiq qilish va suv faolligini, goʻsht va goʻsht mahsulotlarining namligini aniqlash usullari va qurilmalarini ishlab chiqish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan

1980—1985-yillarda Semipalatinsk goʻsht va sut sanoati institutida ishlagan. 1986-yildan Moskva davlat amaliy biotexnologiya universitetining doktoranti boʻlgan. 1990-yilda esa „Oziq-ovqat mahsulotlarida namlik munosabatlarini tahlil qilish uchun termodinamik usullar va vositalarni ishlab chiqish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1991—1994-yillarda Semipalatinsk goʻsht va sut sanoati texnologik universitetida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimida ishlagan. 1995—2001-yillarda Qozogʻiston oziq-ovqat sanoati ilmiy-tadqiqot instituti direktori boʻlgan. 2001—2002-yillarda Olmaota texnologik universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlagan[1].

2007-yildan Qozogʻiston oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati ilmiy-tadqiqot institutida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash texnologiyasi boʻlimi mudiri boʻlib ishlay boshlagan.

Ilmiy qiziqishlar yoʻnalishi: oziq-ovqat va goʻsht-sut sanoatida yangi texnika va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish.

Urishbay Chomanov 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 50 dan ortiq patent va ixtirolarga mualliflik guvohnomalariga ega[2]. „Goʻsht, sut, baliq mahsulotlari va muzlatgichlar ishlab chiqarish texnologiyasi“ va „Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari“ mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy maktab tashkil etgan hamda uning rahbarligida 4 ta doktorlik va 8 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan[3].

1991-yilda Texnika fanlari doktori, 1992-yilda professor, 2003-yilda esa Qozog‘iston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi akademigi unvonlariga ega boʻlgan. „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir