Urushning ayoldan yiroq qiyofasi (teleserial)

Urushning ayoldan yiroq qiyofasi – yetti qismdan iborat boʻlib, "Belarusfilm"ning "Letopis" studiyasida suratga olingan hujjatli teleserial. Ushbu serial 1981—1984-yillar davomida Viktor Dashuk rejissyorligida suratga olingan. Serial ssenariysi V.Dashuk hamda adabiyot boʻyicha 2015-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksiyevich tomonidan yozilgan.

Urushning ayoldan yiroq qiyofasi
У войны не женское лицо
Rejissyor(lar) Viktor Nikiforovich Dashuk
Ssenariynavis(lar)

Svetlana Aleksandrovna Aleksiyevich

Viktor Nikiforovich Dashuk
Qaysi asarga
asoslangan
Svetlana Alekseyevich asari asosida
Studiya(lar) Летопись va Belorusfilm
Chiqarilgan sanasi 1981—1984-yillar
Davomiyligi 123 minutlar atrofida
Mamlakat SSSR
Til ruscha

Serial taxminan 10-25 daqiqalik yettita qisqa epizodda Ulugʻ Vatan urushi davridagi ayollar taqdirini tasvirlagan. Serial Svetlana Aleksiyevich bilan urush qatnashchi ayollari orasidagi boʻlib oʻtgan suhbatlarining 500 ga yaqin lenta yozuvlariga asoslangan boʻlib, keyinchalik bu uning shu nomdagi kitobi yozilishiga asos boʻlgan[1] .

Film quyidagi qismlardan iborat:

Seriya raqami. Epizod nomi Chiqarilgan sanasi Davomiyligi
1 Это была не я… 1981-yil 19:43
2 Стрелять хотела 1982-yil 16:25
3 Утро туманное 1982-yil 24:43
4 Я встретил вас 1982-yil 9:54
5 Если родится девочка 1983-yil 19:47
6 Тогда я не плакала 1984-yil 13:44
7 Милосердие 1984-yil 19:09

V. N. Dashuk Я из огненной деревни va У войны не женское лицо hujjatli filmlari uchun 1985-yil SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Qolaversa, Leipzigdagi xalqaro hujjatli va animatsion filmlar festivalida Серебряным голубем (1983) hamda Findling mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Belaruslik yozuvchi va front askari Vasil Bikov urushda qatnashmagan avlodning harbiy mavzuga yondashuviga misol sifatida Svetlana Aleksiyevich va Viktor Dashukning asarlarini keltirib oʻtgan[3].

Svetlana Aleksiyevichning xuddi shu nomdagi kitobi 1984-yilda nashr etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ernst Schumacher, Sinn und Form, No. 6/1984, pp 1320-1329.
  2. Wieland Becker und Volker Petzold: Tarkowski trifft King Kong – Geschichte der Filmklubbewegung der DDR. VISTAS, Berlin 2001
  3. Собрание сочинений в четырех томах, 1986.