Usenbay Baltaniyozov (1940-yil, Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston SSR, Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Kegeyli tumanidagi „Xalqobod“ sovxozining mexanizatori. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973). SSR Oliy Kengashining 7 va 8-chaqiriq deputati.

Usenbay Baltaniyozov
Tavalludi 1940-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi mexanizator
Unvoni
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Usenbay Baltaniyozov 1940-yilda Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining qishloq aholi punktlaridan birida tugʻilgan. Millati qoraqalpoq. Mahalliy qishloq maktabini tugatgach, 1956-yilda Kalinin kolxozida ishlagan. Mexanizatsiya kurslarini tamomlagan. 1958-yildan mexanizator, Kegeyli tumanidagi „Xalqobod“ sovxozi mexanizatsiyalashgan boʻlinmasi aʼzosi. 1969-yilda Amudaryo deltasida paxta yetishtiruvchi shu kolxozga mexanizatsiyalashgan brigadaga brigadir etib tayinlanadi .

Usenbay Baltaniyozov brigadasi paxtachilikda yuqori mehnat natijalarini koʻrsatgan. Sakkizinchi besh yillikda (19661970) Usenbay Baltaniyozov brigadasi har yili Kegeyli tumani paxtakorlari oʻrtasidagi sotsialistik musobaqada birinchi oʻrinni egallagan. Sakkizinchi besh yillik rejadagi koʻrsatgan mehnat natijalari uchun Usenbay Baltaniyozov Lenin ordeni bilan taqdirlangan[1]..

Keyingi yillarda ham Usenbay Baltaniyozov rahbarlik qilgan jamoa paxta xomashyosini yetishtirish va yigʻib olishda yaxshi natijalarni koʻrsatib keldi. Brigada 1973-yilda davlatga paxta xomashyosi topshirish boʻyicha toʻqqizinchi besh yillik (19711975)ning sotsialistik majburiyatini muddatidan uch yil oldin bajardi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973-yil 10-dekabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni hamda „Oʻroq va "Bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlangan(18476-son)[1].

Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasidan SSSR Oliy Kengashining 7-chaqiriq (19661970) va 8-chaqiriq (19701974) deputati etib saylangan[2].

Mukofotlari

tahrir

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973), Lenin ordeni – ikki marta (04.08.1971; 1973).

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Балтаниязов Усенбай“ (ru). Герои страны.
  2. „Депутаты Верховного Совета СССР VII-го созыва 1966—1970“. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-sentyabr.

Adabiyotlar

tahrir
  • Депутаты Верховного Совета СССР. Восьмой созыв. — М., 1970. — С. 45, 547.
  • История Узбекской ССР с древнейших времён до наших дней. — Ташкент: изд. Фан, 1974. — С. 558. — 582 с.
  • Министерство производства и заготовок сельскохозяйственных продуктов Узбекской ССР. Социалистическое сельское хозяйство Узбекистана. — Ташкент: изд. ЦК Компартии Узбекистана, 1974. — С. 6.

Havolalar

tahrir