Usmoni Zunnurayn jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Usmoni Zunnurayni jome masjidi
Usmoni Zunnurayn
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Xalobod qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Oq oltin mahalla fuqarolar yigʻini 73-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Mansur domla Xoliqov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Usmoni Zunnurayn jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Xalobod qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Oq oltin mahalla fuqarolar yigʻini 73-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Mansur domla Xoliqov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.70 gektar joyda 900 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Xalqobod qishloq fuqarolar yigʻini, Niyozov koʻchasi, Oq oltin mahalla fuqarolar yigʻini, Nafosat qishloq fuqarolar yigʻini, Sixatgoh mahalla fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Muallimlar mahalla fuqarolar yigʻini, Konchi mahalla fuqarolar yigʻini, Iyazbogʻish mahalla fuqarolar yigʻini, Jiydazormahalla fuqarolar yigʻini, I. Nazimov mahalla fuqarolar yigʻini, Qunduzak mahalla fuqarolar yigʻini, Qora bogʻ mahalla fuqarolar yigʻini, Nozim mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi

tahrir

Usmoni Zunnurayn jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 13-sentabr kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasidan qabul qilingan. Mazkur jome masjidga mahalliy aholining talab va takliflariga binoan – „Usmoni Zunnurayn“ deya nomlangan. Masjid binosi mahalliy aholi vakillari, homiylar tomonidan qayta taʼmirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „УСМОНИ ЗУННУРАЙН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.