Ussuriysk
Ussuriysk (1898-yil gacha Nikolskoye qishlogʻi, 1926-yil gacha Nikolsk, 1935-yil gacha NikolskUssuriyskiy, 1957-yilgacha Voroshilov) — Rossiya Federatsiyasi Primorye oʻlkasidagi shahar. Razdolnaya daryosi boʻyida. Vladivostok shahridan 112 km shimolda. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Mashinasozlik va kislorod zavodlari, yengil (tikuvchilik fabrikasi, kunpoyabzal birlashmasi), oziq-ovqat (yogʻmoy, shakarqand, un va goʻsht ktlari) korxonalari bor. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, Primorye davlat muzeyining boʻlimi mavjud. Shahar 1866-yilda barpo qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |