Ustoz oshxonasi

rejissyor Anwar Rasheedning 2012-yilgi hind malayalam tilidagi drama filmi

Ustoz oshxonasi yoki Ustod oshxonasi[3] (inglizcha: „Ustad Hotel“) — rejissyor Anwar Rasheed tomonidan suratga olingan 2012-yilgi hind malayalam tilidagi drama filmi[4].

Ustoz oshxonasi
Rejissyor(lar) Anwar Rasheed
Prodyuser(lar) Listin Stephen
Ssenariynavis(lar) Anjali Menon
Rollarda Thilakan
Dulquer Salmaan
Nithya Menen
Sharhlovchi(lar) Mamukkoya
Bastakor(lar) Gopi Sunder
Kinematografiya Loganathan Srinivasan
Muharrir(lar) Praveen Prabhakar
Studiya(lar) Magic Frames
Distribyutor Central Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 150 daqiqa
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til Malayalam
Daromadi

₹15 crore[1]

[2]

Syujeti

tahrir

Keralada Abdulrazzoq va Farida ismli musulmon juftlik farzand kutishmoqda. Abdulrazzoq tugʻilajak farzand oʻgʻil boʻlishni xohlaydi va bolaning ismini Fayzi deb qoʻymoqchi boʻladi. Lekin Farida qizaloq tugʻadi. Bundan soʻng Farida yana uchta qizni dunyoga keltiradi, lekin Abdulrazzoq bundan xursand boʻlmaydi. U oʻgʻli boʻlishini va unga Fayzi deb ism qoʻyishni xohlaydi. Farida yana homilador boʻladi va nihoyat oʻgʻli tugʻadi, lekin oʻzi vafot etadi.

Abdulrazzoq 5 farzandi bilan Dubayga ketadi. Kenja farzandi Fayzi opalari qoʻlida tarbiya topadi. U koʻproq oʻgʻil bolalar ishini emas, balki qizlarning yumushlarini sevib qiladigan, taom pishirishni juda ham yaxshi koʻradigan boʻlib voyaga yetadi. Uning opalari birin-ketin turmushga chiqishadi. Otasi ham ikkinchi marta turmush quradi.

Kunlardan bir kun Fayzi uchun Shveytsariyada oʻqish uchun katta imkoniyat paydo boʻladi va bundan foydalanib oshpazlik boʻyicha tahsil olib qaytadi. Qaytib kelganida otasi uni uylantirishni, unga mehmonxona ochishni reja qilganini aytadi, lekin Fayzi otasi aytganini qilmaydi. U bobosining oldiga boradi va undan oshpazlik sirlarini oʻrganishga kirishadi. Bu orada bir mehmonxonaga oshpaz boʻlib ishga kiradi.

Fayzi ishlayotgan mehmonxona bobosining oshxonasini sotib olmoqchi, u yerda mehmonxonasini kengaytirmoqchi boʻladi. Fayzi esa oshxona hodimlari va avval uchrashuvga chiqqan qizi Shahana bilan hamkorlikda bobosining oshxonasini qayta ochishadi va muvaffaqiyatga erishadilar.

Rollarda

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Year of small films at southern box-office“ (2012-yil 25-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-dekabr.
  2. „Meet the top five show stealers of 2012“. The Times of India (2012-yil 14-dekabr). 2016-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-may.
  3. uzmovi.com. „USTOD OSHXONASI“.
  4. Nagarajan, Saraswathy. „Beachside hotel“ (2012-yil 21-iyun). 2012-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-iyun.
  5. „Narayanan Krishnan – The real inspiration behind the latest Malayalam movie Usthad Hotel“. 2012-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-oktyabr.
  6. Ammu Zachariah.. „Bhagath all praise for Anwar Rasheed“ (2012-yil 3-mart). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
  7. 7,0 7,1 Ammu Zachariah.. „When Bhagath Manuel turned tutor“ (2012-yil 28-fevral). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
  8. L Romal M Singh.. „I prefer being behind the camera: Littil Swayamp“ (2012-yil 9-oktyabr). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.
  9. „5 memorable faces of Jishnu“ (en). www.onmanorama.com (2016-yil 25-mart).

Havolalar

tahrir