Utopiya (asar)
Utopiya (yunon tilida outopos – hech yerda yoʻq soʻzidan) — xayoliy, ushalmas orzuni aks ettiruvchi asar. Ingliz mutafakkiri T.Mor (1478-1535) oʻz asarlaridan birini «Utopiya» deb nomlaydi. Bu asar oʻylab chiqarilgan allaqanday bir oroldagi jamiyat haqida yozilgan. Buyuk Britaniyada feodalizmning yemirilishi va kapitalizmning taraqqiyoti boshqa mamlakatlarga qaraganda juda tez yuz berdi. Mana shuning uchun ham bu yerda kapitalistik jamiyatga tanqidiy qarash tez kuchaydi. Bu sharoit T.Morning «Utopiya» asariga asos boʻlgan.
T.Mordan soʻng koʻp yozuvchilar mavjud ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tanqid qiluvchi, kelajak jamiyatni xayoliy chizuvchi asarlarini utopiya deb nomlay boshladilar. Masalan, T.Kampanella «Quyosh shahri» nomli bir asarini ham utopiya deb ataydi. XVIII asrga kelib utopik romanlar ancha koʻpaydi. Chunki bunday romanlar ijtimoiy gʻoyalarii targʻib qilish vositalaridan biriga aylanib qolgan edi. Bu hol ayniqsa XIX asr ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarida kuchli boʻldi. Shuning uchun ham Sh.Fure, Sen-Simon, R.Ouen, S.Batler, V.Morris kabi utopistlar oʻz gʻoyalarini shu vosita orqaligina ifodalashga erishdilar. Shuningdek, J.Bern, G.Uellsning ayrim romanlari ham utopik xarakterga ega. Xususan, XX asr boshlarida utopik asarlar koʻplab yozilgan.
Manbalar
tahrirJAHON ADABIYOTI TERMINLARINING QISQACHA IZOHLI LUGʻATI Toshkent Navroʻz nashtiyoti 2019-yil
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |