Uvey – Xitoyning Anxoy viloyati janubi-sharqidagi tuman darajasidagi shahar, prefektura darajasidagi Uhu shahrining yurisdiktsiyasi ostida. Ilgari okrug boʻlgan Uvey 2019-yil oxirida tuman darajasidagi shaharga koʻtarildi 2018-yil holatiga koʻra uning aholisi 1,2 mln. kishini, maydoni esa 2022 kvadrad kmni tashkil qiladi.

Uvey

无为市
tuman darajasidagi shahar
Skyline of Uvey
31°18′0″N 117°55′0″E / 31.30000°N 117.91667°E / 31.30000; 117.91667
Mamlakat Xitoy
Aholisi
 (2018)
1 214 000
Uvey xaritada
Uvey
Uvey

Maʼmuriy boʻlinmalari

tahrir

Uvey tarkibiga 20 ta posolyok kiradi. Bular:

  • Vuchen (无城镇)
  • Xiangʻan (襄安镇)
  • Dougou (陡沟镇)
  • Shijian (石涧镇)
  • Yanqiao (严桥镇)
  • Kaycheng (开城镇)
  • Shushan (蜀山镇)
  • Niubu (牛埠镇)
  • Liudu (刘渡镇)
  • Yaogou (姚沟镇)
  • Nicha (泥汊镇)
  • Fudu 福渡镇)
  • Quantang (泉塘镇)
  • Hedian (赫店镇)
  • Xongmiao (红庙镇)
  • Gaogou (高沟镇)
  • Hemao (鹤毛镇)
  • Shilidun (十里墩镇)
  • Kunshan (昆山镇)
  • Hongxiang (洪巷镇)

Iqlimi

tahrir
{{{Joy_ot}}} iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek

Urbanizatsiya

tahrir
 
Xefey – Fuzjou tezyurar temir yoʻlidagi Uvey temir yoʻl stantsiyasi.

2019-yil 16-dekabrda Davlat kengashi hududning urbanizatsiyasi kuchayganligi sababli Uveyni okrugdan tuman darajasidagi shaharga qayta belgilashni maʼqulladi. Sakkiz oy oʻtgach, The Economist jurnali urbanizatsiya haqida izoh berib, „Uveyning markazida koʻp qavatli uylar va savdo markazlari dehqonlar tirik tovuqlar sotadigan vayronaga aylangan xiyobonlar yonida joylashganini“ taʼrifladi.

Iqtisodiyot

tahrir

2018-yilda shahar ichki yalpi mahsuloti 438,2 milliard yuanni, chakana savdo esa 129,5 milliard yuanni tashkil etdi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir