Uyqu – bu hayvonlar, shu jumladan, insonlarda ham sodir boʻladigan dam olish holati hisoblanadi. Chuqur uyqu vaqtida, hayvonlar boshqaradigan mushaklarning aksariyati faol boʻlmaydi, ammo ular uygʻonganidan soʻng, energiyani qayta tiklaydi. Odatda, hayvonlar uyqu davomida hushsiz, boʻshashgan holatda boʻlishadi. Koʻp hayvonlar singari, sogʻlom uyqu insonlarda kechasi sodir boʻladi.

Demak, miyasi murakkab boʻlgan barcha hayvonlarda uyqu mavjud. Biz uyqu insonlarning salomatligi va farovonligi uchun juda muhim ekanligini bilamiz. Odamlar va hayvonlar keyingi kun tanalari energiyaga boy boʻlishi uchun uxlashlari kerak. Kunlik mashgʻulotlar, tashqi koʻrinish va oʻzini tuta bilishi, barchasi aynan shu zaruriyatga bogʻliq. Agar odam charchasa (yetarlicha uyqu olmasa), u oddiy mashgʻulotlarda ham toʻgʻri ishlay olmaydi. Uyquning yetishmasligi maʼlumotni eslab qolishga, kimningdir kayfiyatini, energiyasini, salomatligini, diqqatini va boshqa bir nechta taʼsirlarni oʻzgarishiga olib keladi.

Uyqusizlik – (insonning yetarlicha uxlashiga yoʻl qoʻymaslik) hatto azob sifatida qoʻllanishi mumkin. Uyqusizlik inson uchun salbiy oqibatlarga olib keladi, masalan: asabiylashish, xotiraning susayishi yoki yoʻqolishi va turli xil joylardagi baʼzi ogʻriqlar boʻlishi mumkin[1]. Yaxshi uxlolmayotgan paytingizda, hali qoʻshimcha vaqtingiz bor deb oʻylasangiz ham, bu tanangizga salbiy taʼsir qiladi va isteʼmol qilgan taomlaringizni taʼmi ham avvalgidek boʻlmaydi. Shuningdek, immunitet tizimi odatda ogʻriq va infeksiyaga qarshi kurashishda yordam beradigan sitokinlar deb ataladigan birikmalarni chiqaradi. Agar inson yetarlicha uyqu olmasa, uning tanasida kasalliklardan himoya qilish uchun yetarli miqdorda sitokinlar boʻlmaydi. Tana – xotirani toʻliq tiklash, mushaklarni tiklash uchun va ishtahani tartibga soluvchi va yaxshilovchi gormonlarni chiqarish uchun yetarli vaqtga ega boʻlmasligi mumkin.

Kelib chiqishi

tahrir

"Uyqu" soʻzi eski German tilidagi feʼllardan kelib chiqqan. Qadimgi va Oʻrta nemis tilida bu „SLAF“ deyilgan. Soʻzning asl maʼnosi „urmoq“ boʻlib, bu „yumshoq“ (qattiq yoki mustahkam boʻlmagan) soʻzi bilan bogʻliq edi.

Uyqu turlari

tahrir

REM uyqu

Sut emizuvchilar va qushlarda uyqu ikki toifaga boʻlinishi mumkin. Ularning birida, koʻzlar tez harakatlanadi. Bu bosqich REM-uyqu (tez koʻz harakati) deb ataladi. Koʻpgina tushlar aynan shu bosqichda sodir boʻladi, chunki tana dam oladi va uyqu paytida koʻzlar harakatlanadi. Bu bosqich insonni keyingi kunga tayyorlashga yordam beradi[1]. REM-uyqu odatda tun davomida muntazam ravishda sodir boʻladi va uning davomiyligi tunning ikkinchi yarmida ortib boradi. U odatda uxlab qolgandan soʻng 90 daqiqa oʻtgach kuzatiladi va har 90 daqiqada takrorlanib turadi. REM-uyqu birinchi marta 1952-53 yillarda kashf etilgan.

REM-uyquni sutemizuvchilar va qoʻshiqchi qushlarda uchratish mumkin, ammo sudraluvchilar va baliqlarda „yaxshi rivojlanmagan“.

NREM uyqu

(REM boʻlmagan uyqu) deb ataladigan boshqa kategoriya mavjud, bunda koʻzlarning harakati sodir boʻlmaydi. Umuman olganda, bu vaqt davomida tushlar koʻrilmaydi. NREM uyquning uch yoki toʻrt bosqichi mavjud. I bosqich faqatgina uyquning boshlanishi, yaʼni mudrash holatidir. II bosqich ham yengil uyqu hisoblanadi. Odatda, kattalarda uyquga ketgan vaqtning yarmiga yaqini yengil uyquga toʻgʻri keladi. III va IV bosqichlar esa chuqur uyqu deb ataladi. Chuqur uyqu oʻsish va tiklanish uchun zarur. III yoki IV bosqichda boʻlgan kishini uygʻotish ancha qiyin boʻlishi mumkin. Baʼzan, III va IV bosqichlar birlashtirilib, III bosqich deb ataladi.

Kattalarda odatda 90 dan 110 minutgacha boʻlgan uyqu sikllari kuzatiladi. Tun davomida 4 yoki 5 marta shunday sikllar sodir boʻladi. Har bir silk quyidagi tartibda davom etadi: I bosqich, II bosqich, III (IV) bosqich va REM.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Uxlayotganingizda nimalar sodir bo'ladi? - National Sleep Foundation“. www.sleepfoundation.org (2009-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024.08.15.