Uzatish nisbati
Uzatish nisbati - mashina mexanizmlari, shu jumladan, aylanma harakatlanuvchi uzatmalarning asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Mexanizm aylanuvchi zvenolarining burchak tezliklari yoki aylanish chastotalari (sonlari) nisbati bilan belgilanadi. Odatda, Uzatish nisbati mexanizmning yetakchi (harakatlantiruvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) bilan yetaklanuvchi (harakatlanuvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) orasidagi nisbatni bildiradi (l = ~or) Uzatish nisbati oddiy mexanizmlar (tishli gʻildiraklar jufti, chervyakli, tasmali uzatmalar va boshqalar) uchun ham, koʻp zvenoli murakkab mexanizmlar (koʻp pogʻonali reduktorlar, planetar reduktorlar, uzatmalar va boshqalar) uchun ham taalluqli. Mexanizmlar (ayniqsa, ilashma uzatmalar) uchun Uzatish nisbati tushunchasi bilan birga uzatish soni termini ham ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |