Uzatish soni
Uzatish soni — mashina mexanizmlari yoki turli uzatmalarda yetakchi (harakatlantiruvchi) zveno ish qismlari (mas, tishlari) soni bilan yetaklanuvchi (harakatlanuvchi) zveno ish qismlari soniga nisbati. Mas, tishli uzatmada katta gʻildirak tishlari sonining kichik gʻildirak tishlari soniga, chervyakli uzatmada gʻildirak tishlari sonining chervyak kirimlari soniga, zanjirli uzatmada (jumladan, velosipedda) katta yulduzcha tishlari sonining kichik yulduzcha tishlari soniga nisbati Uzatish soni hisoblanadi. Uzatish soni doimo 1 dan katta yoki 1 ga teng boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |