Dmitriy Uznadze
Dmitriy Nikolayevich Uznadze [1886.20.12(1887.1.1), Gruziyaning Zestafon tumani Sakar qishlogʻi — 1950.12.10, Tbilisi] — gruzin psixologi va faylasufi. Gruziya Fanlar akademiyasi akademik (1941). Leypsig (1909) va Xarkov (1913) untlarini tugatgan. 1915-yil Gruziyada gruzin tilida oʻqitiladigan xotinqizlar oʻrta maktabini tashkil qilgan. Tbilisi universitetining asoschilaridan (1918) biri. Uning tashabbusi bilan bu untda psixologiya boʻlimi, kafedrasi va eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochilgan. Gruziya Fanlar akademiyasi psixologiya institutiga asos solingan vaqtdan boshlab uning direktori boʻlgan (1950-yildan Uznadze nomida). Utafakkur, nutq, idrok, faoliyat psixologiyasiga oid bir necha asarlar yozgan. Psixologiyada ustanovkaning original nazariyasi, shuningdek, psixologiya fanining turli sohalari boʻyicha darsliklar muallifi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |