Uzum Market
Uzum Market – Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan eng katta marketpleyslardan biri[3]. Uzum ekotizimining bir qismi.
Turi | Masʼuliyati cheklangan jamiyat |
---|---|
Qachon asos solingan | 1-dekabr, 2022-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Konstitutsiya MFY, Beshchinor koʻchasi, 2-uy |
Rahbariyat |
• Ilshat Xametov — Bosh direktor[1] • Akmal Rahimov — Direktor oʻrinbosari[2] |
Mahsulot(lar)i | Elektronika, aksessuar, maishiy texnika, kiyim-kechak, poyabzal, oziq-ovqat, uy va hovli uchun kerakli boʻlgan mahsulotlar |
Vebsayti | uzum.uz |
Marketpleys ilovasi 2023-yil davomida 13,5 milliondan ortiq yuklab olinib, Telegram va Instagram tarmoqlari ilovalaridan keyingi eng koʻp yuklab olingan uchinchi ilova boʻldi[4].
Hozirgi vaqtda Uzum Marketning Oʻzbekiston elektron tijorat bozoridagi ulushi 70 foizdan ortiq, eng yaqin raqobatchisi esa undan 11 marta ortda qolmoqda[5].
Uzum Marketdagi buyurtmalar soni 2024-yilda 2023-yildagiga qaraganda 3 baravarga oshdi. Tarqatish punktlari soni esa 2 baravar koʻpayib, 139 taga yetdi. Uzum Market marketpleysida buyurtmalarining 55 foizidan ortigʻi muddatli toʻlovga olinadi[6].
RGCA tadqiqotlariga koʻra, Uzum Market Telegram, Instagram va OLXdan oʻtib mamlakatdagi eng mashhur onlayn xarid qilish ilovasi boʻlib qolmoqda. Milliy marketpleys ilovasi yil davomida 13,5 million martadan koʻproq yuklab olingan, Data.ai tahliliy servisi maʼlumotlariga koʻra[7]
Bugungi kunda Uzum Marketda oʻz tovarlarini mamlakat boʻylab 6 500 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar sotmoqda, Uzum Market milliy marketpleysi geografiyasi 72 ta aholi punktini qamrab olgan. Kelgusi yilda 10 mingdan ortiq aholisi boʻlgan Oʻzbekistonning barcha aholi punktlarida milliy marketpleysning 1000 dan ortiq buyurtma tarqatish punktlari faoliyat yuritadi[8].
Tarixi
tahrirUzum Market masʼuliyati cheklangan jamiyati 2022-yilning 1-dekabrida davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda 5-dekabr sanasida tasdiqlangan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Итоги: как развивался рынок электронной коммерции и что с ним будет в 2024 году“. www.spot.uz. Qaraldi: 3-oktabr 2024-yil.
- ↑ „“Uzum” ONA xayriya fondining loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „"UZUM MARKET" mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona“. www.orginfo.uz. Qaraldi: 3-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Гроздья монет: как Uzum стал первым «единорогом» в Узбекистане“. https://www.forbes.ru. Forbes. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Узбекский «единорог» по казанской лицензии: Uzum оценили в 12,1 миллиарда“. https://www.business-gazeta.ru. business-gazeta.ru. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Uzum ekotizimi birinchi yarim yillik natijalarini sarhisob qildi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Uzum Market ilovasi milliy servislar orasida yuklab olishlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Daqiqada 90 ta: butunjahon shopping kunida o‘zbekistonliklar 130 mingdan ortiq onlayn buyurtma berishdi“. https://uzum.com. Uzum. Qaraldi: 2024-yil 20-oktyabr.
- ↑ „ООО «UZUM MARKET»“. www.e-tijorat.uz. Qaraldi: 4-oktyabr 2024-yil.