Uzun dumli suvburgut ( lotincha: Haliaeetus leucoryphus) — qarchig‘aylar (Accipitridae) oilasiga mansub yirik ko‘chmanchi yirtqich qushlar turi. Ular chuchuk suv baliqlari bilan oziqlanadilar.

Uzun dumli suvburgut
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Qarchigʻaysimonlar
Urugʻ: Haliaeetus
Turlari: Uzun dumli suvburgut
Xalqaro ilmiy nomi
Haliaeetus leucoryphus (Pallas, 1771)

Tarqalishi  

tahrir

Janubiy Orolbo‘yi (ko‘chish); Amudaryo havzasi bo‘ylab Termizdan Urganchgacha (ko‘chish, qishlash); Qizilqum cho‘li (uchib o‘tish). O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Sibir janubi, Mo‘g‘uliston, Xitoy (uyalash); Pokiston, Hindiston (uyalash, qishlash); Turkmaniston, Gʻarbiy Osiyo (qishlash).

O‘rta Osiyoda, Kaspiy dengizi va Sariq dengiz oralig‘ida, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistondan Himoloy, Pokiston, Hindiston va Bangladeshgacha bo‘lgan hududlarda tarqalgan. Ko‘pincha ko‘chishi: , Markaziy va Janubiy Osiyo qushlari Shimoliy Hindistonda, g‘arbiylari Fors ko‘rfazida qishlaydi.

Tavsif

tahrir

Uzun dumli burgutning boshdan bo‘ynigacha bo‘lgan qismi yorqin jigarrang va oqish, to‘q jigarrang qanotlari va orqasi malla tusda bor. Dumi qora, xarakterli ravishda dumidan oq chiziq o‘tgan. Voyaga yetmaganlarining dumi tim qora va oq rangli chiziq bilan ifodalanmagan. Qushning bo‘yi 72—84 sm, qanotlarini qoqqanda 180 — 205 sm ga yetadi. Urg‘ochilarining vazni 2,1 — 3,7 kg, erkaklari – 2 —3,3 kg. tashkil etadi.

O‘tgan asrning 60-yillarida bir necha o‘n donasi uchrar edi. 90-yillarga kelib Dengizko‘lda 6 tagacha qush qishlab qolgan, so‘nggi yillarda turning u yerda qishlashi kuzatilmayapti. Mamlakatning markaziy va janubiy hududlarida 2003 — 2005-yillarda 1-6 tadan qush qishlagan, hozirgi vaqtda bu ham sanoqli darajada tushib qolgan. Asosan, ko‘chib o‘tuvchi va qishlovchi turni ko‘rish mumkin. Dunyodagi populyasiyasi soni taxminan 10 mingtani tashkil etadi.

Hayot tarzi

tahrir

Bahorgi uchib o‘tishi – mart-may, ko‘chib o‘tishi – iyun-avgust oylarida. Kuzgi uchib o‘tishi – sentyabroktyabr, qishlashi – noyabrdan fevral oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Suvda suzuvchi qushlar, baliqlar, kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar

tahrir

Orol havzasida suv rejimining o‘zgarishi oqibatida yashash joylarining yo‘qotilishi, brakonyerlik. Uyalash arealida yashash joylarining o‘zgarishi, tinch hududlar kamayganligi oqibatida bu tur kamayib bormoqda.

Himoya choralari

tahrir

Ovlash man etiladi. SITESning II Ilovasiga va Bonn konvensiyasining I Ilovasiga kiritilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 43. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
  2. ↑ Перейти обратно:1 2 del Hoyo, J., Elliott, A., Sargatal, J., eds. (1994). Handbook of the Birds of the World, vol. 2. Lynx Edicions, Barcelona ISBN 84-87334-15-6.