Uzun tumani
Uzun tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman, 1942-yil 12-yanvarda tashkil etilgan. 1959-yil 15-oktabrda Sariosiyo tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1991-yil 29-martda qayta tuzildi. Uzun tumani shimoli-gʻarbdan Sariosiyo tumani, sharq, janubiy, shimolidan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, gʻarbdan Denov, Shoʻrchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,33 ming km². Aholisi 183,3 ming kishi (2023-yil 1-yanvar). Tumanda 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Bobotogʻ, Joncheka, Oqostona, Telpakchinor, Uzun, Fayzova, Xondiza) bor. Markazi — Uzun shahri. Uzun tumani 2018-yildan Yangi roʻzgʻor mahallasi uzumchilikka asos solinib har bir aholi uylarida kamida 10 tupdan uzum koʻchatlari ekilib, hozirgi 2023-yilga kelib anchagina mahallaga koʻrk va tadbirkorlikka yoʻl ochib berilmoqda. Bu esa tumanning yanada rivojlanishida oʻz hissasini qoʻshmoqda. Aholisi: asosan, oʻzbeklar (60%), tojiklar (35%), shuningdek, rus, tatar, qozoq, turkman, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 56 kishi toʻgʻri keladi.[1]
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Surxondaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Uzun |
Rasmiy tillar | O'zbek, tojik |
Aholi | 183 348 kishi. 2023-yil 1 yanvar |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 2.33 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil raqami kodi | 75 |
Xaritada | |
38°19′9.1″N 67°56′27.2″E / 38.319194°N 67.940889°E |
Tabiati
tahrirUzun tumani viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi, asosan, Oq ostona maqbarasi, togʻ va adirliklardan iborat. Adirliklarning asosiy qismi Bobotogʻ va Hisor tizma togʻlari etaklarida joylashgan. Tuman hududidan Toʻpolondaryo, Obizarang, Qoratogʻ, Qorasuv, Surxon daryolari oqib oʻtadi. Aholi va xoʻjaliklar ekin maydoni shu daryolardan suv oladi. Bobotogʻ massivi esa Kofarnihon daryosidan sugʻoriladi. Tuman markazidan 70 km cha uzoqlikdagi Hisor togʻlari etagida oʻndan ortiq qishloq joylashgan.
Foydali qazilmalardan Xondizada (Hisor togʻlari etagi) polimetall va Xoʻjaasminda marmar konlari bor.
Tuman iqlimi moʻtadil, dehqonchilik uchun qulay. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi C —2°, iyulniki +35°C. Eng yuqori temperatura +46°C. Yillik yogʻin 650-700 mm. Vegetatsiya davri 290—320 kun. Yovvoyi oʻsimliklardan archa, shuvoq, shoʻra, yantoq, togʻ rayhoni, anzur piyozi, ravoch; mevali daraxtlar (yongʻoq, anor, oʻrik, xurmo, tut, anjir, limon), shuningdek, tol, terak, qayragʻoch, chinor o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, qobon, qoplon, ayiq, kiyik, jayra; qushlardan kaklik, gʻoz, oʻrdak, mayna, qargʻa, burgut, bedana, kaptar, bulbul, qaldirgʻoch, musicha bor.
Iqtisodiyoti
tahrirXoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, tgazetasir-beton buyumlari, maxsus ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari hamda 7 ta savdo, jamoat ovqatlanish, 4 ta aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Uzun dehqon bozori, 272 ta firma va kichik korxonalar, shuningdek, „UzunKomron“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Tumandagi 9 ta shirkat xoʻjaligidan 8 tasi paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Xondiza shirkat xoʻjaligi bogʻdorchilik va asalarichilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 4 ta fermer xoʻjaligi uyushmasi faoliyat koʻrsatadi. Uyushmalarda 620 dan ortiq fermer xoʻjaligi boʻlib, ular ham paxtachilik va gʻallachilik hamda chorvachilik bilan shugʻullanadi. Shuningdek, 77,2 ming ga yer maydoniga ega boʻlgan oʻrmon xoʻjaligi hamda 6 ta suv havzasiga ega boʻlgan xususiy baliqchilik yoʻnalishi boʻyicha 4 fermer xoʻjaligi mavjud.
Tuman xoʻjaliklarida 5992 ga yerga paxta, 4231 ga yerga gʻalla ekiladi. 1665 ga yer bogʻ (2004). 2003/2004 oʻquv yilida 64 umumiy taʼlim maktabi (34,5 ming oʻquvchi), 2 isteʼdodli bolalar maktab internati (375 oʻquvchi), ixtisoslashtirilgan maktab internati (225 oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish kasb hunar kollejlari (1,2 ming oʻquvchi),bolalar va o‘smirlar sport maktabi, bolalar musiqa maktabi, Prezident maktabi faoliyat koʻrsatdi. 80 jamoat va bolalar kutubxonasi, 8 klub, Uzun madaniyat uyi, „Xotira va qadrlash“ madaniyat va istirohat bogʻi, muzey ishlab turibdi. „Turon“ markaziy o‘yingohi, tennis korti bor.
Uzun tumanida 4 kasalxona (410 oʻrin), 21 ambulatoriya, 19 feldsher akusherlik punkti, 11 qishloq vrachlik punkti, ko‘plab xususiy dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarida 231 nafar oliy ma'lumotli shifokorlar va 1141 oʻrta maxsus ma'lumotli tibbiyot xodimlar ishlaydi.
Tuman markazidan Uzun — Toshkent, Uzun—Termiz, Uzun — Denov va boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1952-yildan tuman „Bobotogʻ tongi“ gaz chop etiladi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |